Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Obid Asomovdan “Ana syurprizu, mana syurpriz”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 335           Дата: 29-11-2016, 13:10          
Obid Asomovdan “Ana syurprizu, mana syurpriz”

Barchamiz uchun qadrdon bo‘lgan “Mahallada duv-duv gap”, “Sen yetim emassan”, “Olovli yo‘llar” kabi ko‘plab kinofilmlarni tomoshabinlarga taqdim etgan, “El-yurt hurmati” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi Shuhrat Abbosov rejissyorligida ishchi nomi “Mahallada duv-duv gap — 2” (“Ana syurprizu, mana syurpriz”) badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlanib qoldi. Film “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda.

“Mahallada duv-duv gap — 2” kinofilmining asosiy voqealari Farg‘ona viloyati (Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Rishton, O‘zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olindi. Bosh qahramon, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – Xosiyat opa va uning uch nafar o‘g‘li atrofida ro‘y beradigan voqealar orqali, umuman respublikamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mahalliy aholi ongida ro‘y bergan ma’naviy o‘zgarishlar, ertangi kunga bo‘lgan ishonchining ortishi jarayoni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi.

Filmda bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o‘g‘lini – yosh aktyorlar Erkin Bozorov, Sur’at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan.
Obid Asomovdan “Ana syurprizu, mana syurpriz”

Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Sharipov, Obid Asomov, Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiyev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To‘xtayeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O‘ktamova kabi o‘nlab xalqimiz suygan ijodkorlar bor.
Obid Asomovdan “Ana syurprizu, mana syurpriz”

Postanovkachi rejissyorlar – Shuhrat Abbosov va Nozim Abbosov. Ssenariy muallifi – Shoira G‘iyosova. Ikkinchi rejissyor Farhod Xudoyberdiyev. 30 kishidan iborat tasvirga olish guruhi qariyb 50 kundan buyon s’yomka jarayonlarida mehnat qilishmoqda.

Sarvar Safarov


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Март 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031