Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 58           Дата: 28-11-2016, 06:30          
“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi

“Mahallada duv-duv gap”, “Sen yetim emassan”, “Olovli yo‘llar” kabi ko‘plab kinofilmlarni tomoshabinlarga taqdim etgan, “El-yurt hurmati” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi Shuhrat Abbosov rejissyorligida ishchi nomi “Mahallada duv-duv gap - 2” (“Ana syurprizu, mana syurpriz”) badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlanib qoldi. Film “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda.

“Mahallada duv-duv gap - 2” kinofilmining asosiy voqealari Farg‘ona viloyati (Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Rishton, O‘zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olindi. Bosh qahramon, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – Xosiyat opa va uning uch nafar o‘g‘li atrofida ro‘y beradigan voqealar orqali, umuman respublikamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mahalliy aholi ongida ro‘y bergan ma’naviy o‘zgarishlar, ertangi kunga bo‘lgan ishonchning ortishi jarayoni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi.

Filmda bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o‘g‘lini – yosh aktyorlar Erkin Bozorov, Sur’at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan.

Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Sharipov,Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiyev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To‘xtayeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O‘ktamova kabi o‘nlab xalqimiz suygan ijodkorlar bor.

Postanovkachi rejissyorlar – Shuhrat Abbosov va Nozim Abbosov. Ssenariy muallifi – Shoira G‘iyosova. Ikkinchi rejissyor Farhod Xudoyberdiyev. Tasvirga olish guruhi qariyb 50 kundan buyon s’yomka jarayonlarida mehnat qilishmoqda.

Film ijodkorlarining ma’lum qilishlaricha, kartinani Navro‘z ayyomiga tuhfa qilish rejalashtirilgan.
“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi

“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi

“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi



Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн