Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Monika Belluchchiga Fransiya prezidenti tomonidan Faxriy legion ordeni topshirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37           Дата: 26-11-2016, 16:49          
Monika Belluchchiga Fransiya prezidenti tomonidan Faxriy legion ordeni topshirildi
Фото: © Instagram.com/monicabellucci

Fransiya prezidenti Fransua Olland italiyalik aktrisa Monika Beluchchiga Yelisey saroyidagi tantanali marosimda Faxriy legion ordenini topshirdi. Bu haqida aktrisaning Instagram tarmog'idagi rasmiy akkauntida ma`lum qilindi.

"Men Faxriy legion ordeni kavaleri bo'lish sharafiga muyassar bo'lganimdan bag'oyat xursandman", - deya yozadi Beluchchi o'zining sahifasida. Aktrisa Fransiya prezidenti Fransua Ollandga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Bir necha darajalarga ega Faxriy legion ordeni 1802 yilda Napaleon Bonapart tomonidan ta`sis etilgan. Ushbu mukofotning topshirilishi bugunga qadar xizmatlarning davlat miqyosida tan olinishini bildiradi.

Monika Beluchchi juda ko'plab filmlarda betakror obrazlar yaratib, tomoshabinlar ko'nglidan joy olgan. U nafaqat Italiya filmlarida, balki Yevropa, ko'pincha fransuz filmlarida ham faol suratga tushib kelmoqda. Aktrisaning eng yorqin rollaridan biri - 2000 yilda italiyalik rejissyor Juzeppe Tornatore tomonidan tasvirga olingan "Malena" filmi.

Monika Beluchchini ko'p marotaba Hollivudga taklif qilishgan va u bir necha kartinalarda ishtirok ham etgan. O'tgan yili aktrisa ishtirokidagi "007: Spektr" filmi kino ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olingan, unda Beluchchi afsonaviy Jyeyms Bondning dugonasi rolida namoyon bo'lgan.

Monika Belluchchiga Fransiya prezidenti tomonidan Faxriy legion ordeni topshirildi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031