Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda Rossiya kunlari ochildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 63           Дата: 18-11-2016, 18:18          
O'zbekistonda Rossiya kunlari ochildi

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik Katta teatrida O'zbekistonda Rossiya kunlarining ochilishiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Unga vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, san`at ixlosmandlari, talaba-yoshlar taklif etildi.

O'zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari F.Jalolov, Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Tyurdenev va boshqalar O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi o'zaro aloqalar tarix sinovidan o'tgan, ishonchli hamkorlik tamoyillariga asoslanishini ta`kidladi.

Davlatlarimiz o'rtasidagi aloqalar ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy jabhalar bilan birga, madaniy-gumanitar sohalarda ham mustahkamlanib bormoqda. Toshkentda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiallari faoliyat ko'rsatmoqda.

Mamlakatlarimiz hukumatlari o'rtasidagi 2016-2018 yillarga mo'ljallangan madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish to'g'risidagi dastur xalqlarimiz o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, kengaytirish va boyitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ko'pmillatli O'zbekistonimizda bir yuz o'ttizdan ortiq millat va elat vakillari safida rus millatiga mansub fuqarolar ham yagona va ahil oila farzandlaridek yashab, mamlakatimiz ravnaqi, uning farovonligi, kelajagi yo'lida mehnat qilmoqda.

"Oltin kuz" xalqaro san`at festivali doirasida o'tkazilayotgan ushbu tadbir Rossiya madaniyatiga doir yorqin namunalardan lavhalarni namoyish etadi, ikki xalq o'rtasidagi madaniy, do'stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir "Terema" rus xalq cholg'ulari yoshlar orkestri konserti bilan boshlandi. Shuningdek, "Rossiya qalbi" deb nomlangan bolalar rasmlari ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmadan o'rin olgan suratlarda jajji o'g'il-qizlarning tinchlik, osoyishtalik, Vatan, oila, yaxshilik, mehr-muruvvat, ahillik haqidagi tushunchalari sodda, samimiy, beg'ubor, zavqli tasvirlarda aks ettirilgani bilan ko'pchilikda katta taassurot uyg'otdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн