Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

2017 yilda Cho'lpon tavalludining 120 yilligi nishonlanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78           Дата: 15-11-2016, 14:48          
2017 yilda Cho'lpon tavalludining 120 yilligi nishonlanadi

O'zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Onasi uy bekasi bo'lgan. Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o'g'li (1874-1929) dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug'ullangan.

Cho'lpon avval eski maktabda, so'ngra esa Andijon va Toshkentdagi obro'li madrasalarda tahsil olib, turk, arab, fors tillarini mukammal o'zlashtiradi. Sharq ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan oziqlanadi. Firdavsiy, Sa`diy, Hofiz, Dehlaviy, Nizomiy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdulla To'qay kabi buyuk so'z san`atkorlari ijodini mehr bilan o'rganadi. Shu bilan birga, Andijondagi rus-tuzem maktabida rus tilini chuqur o'zlashtirishi natijasida jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ayni chog'da Turkistonda 1905 yillarda kamol topa boshlagan ma`rifatparvarlik yo'nalishi ta`sirida shakllana boradi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi atoqli ma`rifat targ'ibotchilari va tashkilotchilariga ergashadi, ma`rifatchi adib bo'lib shakllanadi.

Cho'lponning ijodi 1913-1914 yillardan boshlangan bo'lib, u avval «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» va nihoyat Cho'lpon (Tong yulduzi) taxalluslari bilan ijod qila boshladi. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida xalqimiz adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo'shdi. Uning dastlabki asarlari «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona» kabi mahalliy ro'znomalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan «Sho'ro» nomli oynomada ham nashr etiladi. Xususan, Cho'lponning «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq», «Turkiston» hamda «Buxoro axbori» kabi ro'znomalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabi bo'lib xizmat etdi.

Cho'lpon yetuk lirik shoirgina emas, yirik nosir sifatida o'nlab publitsistik maqolalar, ocherk va hikoyalar, «Qor qo'ynida lola», «Yov» qissalari va «Kecha va kunduz» (1938) kabi ajoyib romanining birinchi («Kecha») qismini nashr ettirgan iste`dodli adib hamdir.

U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Xalil farang», «Cho'rining isyoni» kabi kichik pesalari, «O'rtoq Qarshiboyev», «Mushtumzo'r» kabi yetuk dramalari hamda ko'p vaqt sahnadan tushmagan «Yorqinoy» pesalari mashhur bo'lgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V.Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan.

Cho'lpon adabiy tanqid sohasida «Sho'ro hukumati va sadoi nafisa», «Adabiyot nedur?» kabi mazmunli maqolalar ham yaratgan. Shuningdek, Cho'lpon mohir tarjimon sifatida M.Gorkiyning «Ona», A.S.Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» kabi pesalarini hamda V.Shekspirnnng mashhur «Hamlet»ini o'zbekchaga o'girgan.

Cho'lpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi qatag'onlik siyosati qurboni bo'lgan. U 1937 yilning 14 iyulida qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktabrida otib tashlangan. 1956 yilda oqlanib, 1991 yildagina birinchi bor «Yana oldim sozimni» nomi bilan eng yaxshi she`riy asarlari to'plam holida nashr etildi. Keyingi bir jildlik kitobidan uning kengaytirilgan tarjimai holi, (prof. O.Sharafiddinov) «Kecha va kunduz» romani o'rin olgan.

Hozirgi kunda Cho'lpon nomida nashriyot, ko'cha, mahalla, kutubxona va maktablar bor. Uning Fozila (1906), Foiqa (1903) ismli qizlari va nabiralari Namanganda yashaydi. Unga 1991 yil 25 sentabrda «Yana oldim sozimni» kitobi uchun Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. 2016 yilda andijonlik yozuvchi Nabi Jaloliddin Cho'lpon hayoti va ijodiga bag'ishlangan ikki kitobli tarixiy romanni yozib tugatdi.

Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon istiqlol uchun jon fido qilgan, mustamlakachilarga nafratini oshkora izhor etgan jasur hamda o'zbek adabiyoti tarixida yagona iste`dod sohibi bo'lgan shoir edi. 2017 yilda uning 120 yilligi nishonlanadi. Umid qilamizki, yurtimiz bo'ylab shoirning yubiley tavalludi keng nishonlanadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн