Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilganiga 20 yil bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 110           Дата: 18-10-2016, 13:09          
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilganiga 20 yil bo'ldi

«Temuriylar tarixi davlat muzeyi Sohibqiron Amir Temur shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy adolat tantana qilganining yana bir amaliy isbotidir. Bu muzeyda bizning o'tmishimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham bamisoli ko'zguda aks etgandek namoyon bo'ladi. Kimki o'zbek nomini, o'zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo'shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo'lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak».

Bu – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilgan kunda, ya`ni 1996 yil 18 oktabrda «Faxriy mehmonlar kitobi»ga yozgan tarixiy dastxati...

Amir Temur ham, Islom Karimov ham tarix sahnasiga chiqib, nafaqat elimizni mustamlakachilar istibdodidan ozod qildi, balki xalqimizning g'ururini tiklash, dunyoda qudratli davlatga asos solish, tinchlik, bunyodkorlik, barqarorlik va farovonlik yo'lida kurashishdek juda og'ir va murakkab vazifani sharaf bilan ado etdi.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng Prezidentimiz Islom Karimov ma`naviy tiklanish va yangilanish islohotlarini ulug' ajdodlarimiz, xususan, Amir Temur bobomizning muborak nomi, boy merosi, xotirasi va tarixiy siymosini tiklash asosiga qurdi.

– Mustaqillikning ilk yillarida Islom Karimov keng jamoatchilikka, tarixchi olimlarga murojaat etib, Amir Temur bobomiz nomini abadiylashtirish masalasini qo'ydi, – deb eslaydi Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi, tarix fanlari nomzodi Nozim HabibullaYev. – «Xalqimiz Sohibqiron bobomizning buyuk bunyodkorliklarini anglab, shundan ma`naviy kuch-quvvat olsa, dunyo jamoatchiligi Amir Temurni nafaqat eng qudratli davlat asoschisi, balki ilm-fan, madaniyat va ma`naviyat homiysi, o'z vaqtida Osiyo va Yevropa qit`alarida ro'y bergan tarixiy o'zgarishlarga hal qiluvchi ta`sir ko'rsatgan buyuk shaxs ekanini bilsa, tarixiy adolat qaror topar edi», dedi. Prezidentimiz bu borada uch g'oyani taklif etdi: xalqaro hamjamiyatga Amir Temurning bunyodkorlik faoliyatini tanitish, Xalqaro Amir Temur jamg'armasini tuzish, Sohibqiron va temuriylar davrini aks ettirgan muzey barpo etish.

Eng katta muammo – jahon jamoatchiligining fikrini o'zgartirish edi. Sobiq tuzum davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga biryoqlama baho berilgan, buning asoratini davolash oson emasdi. Boz ustiga, YuNeSKO katta sarkardalarning yubileyini nishonlamas edi... Islom Karimov ortga chekinmadi, YuNeSKO rahbariyatiga «Amir Temur boshqa sarkardalardan farqli ravishda bunyodkor shaxs bo'lgan, qay joydan bir g'isht olsa, o'rniga o'n g'isht qo'ydirgan, bir daraxt kesdirsa, o'rniga o'n ko'chat ektirgan, Sohibqironning dunyoda tinchlik o'rnatish, Yevropani xalos etishdagi xizmatlarini, insoniyat sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini dunyoga isbotlab beramiz», dedi.

Dastavval «Amir Temur – jahon tarixida» qomusiy kitobi tayyorlandi. Prezidentimiz kitob qo'lyozmasini o'qib berdi. 1996 yili kitob xorij tillariga tarjima qilingach, xalqaro jamoatchilik va dunyo tarixchilarining katta qiziqishiga sabab bo'ldi. YuNeSKO Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash haqida qaror qabul qildi. 1996 yil mamlakatimizda Amir Temur yili, deb e`lon qilindi, yurtimiz bo'ylab bu ulug' to'yga tayyorgarlik boshlandi.

1996 yil 24 aprelda Parij shahrida «Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» haftaligi boshlandi. O'sha kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov YuNeSKO Ijroiya kengashi sessiyasida, YuNeSKO qarorgohida temuriylar davriga bag'ishlangan ko'rgazma ochilishida nutq so'zladi. Yurtdoshlarimiz yaxshi eslaydi: ko'rgazma boshlanishiga ozgina vaqt qolganda, zalga kutilmaganda Frantsiya Prezidenti Jak Shirak kirib kelgan. Islom Karimov Jak Shirakni ekspozitsiya bo'ylab aylantirib, Amir Temurning insoniyat sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi haqida zavq bilan so'zlab bergan. O'shanda Jak Shirak «Islom Karimovdek o'z Vatani tarixini bunchalik mukammal biladigan, ulug' ajdodlari nomini bunday yuksak e`zozlaydigan davlat rahbari dunyoda kamdan-kam bo'ladi», deb qoyil qolgan. Frantsiya Prezidenti O'zbekiston rahbariga yuksak hurmat ifodasi sifatida Amir Temurning 1402 yili Frantsiya Qiroli Sharl VI ga yo'llagan nomasini taqdim etgan. Bu eksponat bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi eng noyob tarixiy hujjatlardan hisoblanadi. Aynan mana shu tarixiy haftalikda Birinchi Prezidentimizning jasorati va fidoyiligi bois dunyo ahli Parijda nima uchun XV asrdayoq Amir Temurga yodgorlik o'rnatilib, unga «Yevropaning xaloskoriga» degan chuqur ramziy ma`noli so'zlar bitilganini, Sohibqiron xizmatlari tufayli Osiyo va Yevropa tarixda birinchi marta yagona jo'g'rofiy-siyosiy makonda birlashganini teran angladi – jahon Amir Temurni buyuk bunyodkor sifatida tan oldi.

1996 yil 14 martda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilingach, Birinchi Prezidentimiz bu muzey me`moriy shakli, tuzilishi haqida me`morlar, tarixchilar, ijodkorlar va ziyolilar bilan kengashdi. O'shanda Islom Karimov bu muzey saroy va toj shaklini ifoda etishi, mamlakatimiz arxitektura san`atida durdona asar bo'lishi kerakligini aytdi. Qurilish ishlari jadal boshlandi. Prezidentimiz bu Yerga tez-tez kelar, muzey qurilishidagi har bir detalga qiziqib, so'rab-surishtirar va har gal uning me`moriy Yechimida hal qiluvchi fikrlarni aytar edi. Shu bois muzey juda qisqa vaqtda – sakkiz oyda bunyod etildi.

Muzeyga kelgan har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, yoshlar bu Yerdagi har bir detalni tayyorlashga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bosh-qosh bo'lganini yoddan chiqarmasligi kerak. Muzey dastlab ishga tushgan vaqtda bu dargohga kirib chiqqan yoshlarning qiyofasini ko'p kuzatardim: o'z tarixini, qanday ulug' zotlarning avlodi ekanini bilgan nigohlardagi hayratni ko'rsangiz... Bu yil Gollandiyada Amir Temur merosiga bag'ishlangan xalqaro anjumanda qatnashdik: 20-25 davlatdan yirik tarixchi olimlar ma`ruza qildi, birinchi marta ularning hech biri «Tamerlan» so'zini tilga olmadi. Bu – dunyo Amir Temurni buyuk bunyodkor shaxs sifatida to'la tan olganining yana bir amaliy isboti. Bu – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Sohibqiron shaxsini abadiylashtish borasidagi ko'p yillik kurashlarining amaliy natijasi.

Ha, 1996 yil 18 oktabr sanasi chindan ham xalqimiz tarixida unutilmas bayram bo'lgan. O'sha kuni Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykallari ochilgan, bu muazzam shaharlar Amir Temur ordeni bilan mukofotlangan. Barcha tadbirda Birinchi Prezidentimiz qatnashib, nutq so'zlagan.

Yog'och o'ymakorligining yorqin namunasi – ko'rkam eshiklardan muzeyning ekspozitsiya zaliga kiramiz. Imoratning butun aylanasi, yarim ochiq ayvonlari salobatli. Oq rangli ustunlar bilan bezalgan. Tashqi devorning aylana yuzasi sirkor sopol medalonlar bilan naqshlangan. Ularda arab alifbosidagi suls xatida Adolat, Itoat, Zarofat, Ma`rifat, Diyonat, Oqibat, Marhamat, Qadriyat, Sadoqat, Muvaffaqiyat, Matonat, Muruvvat, Shijoat, Mashvarat so'zlari bitilgan. Amir Temur ham, Islom Karimov ham o'z faoliyatida milliy va umumbashariy ma`naviyatning o'zagi bo'lgan bu ezgu tushunchalarga sidqidildan amal qildi, ularning hayotimizda o'z isbotini topishi uchun kurashdi.

– Muzeyimizda 5 mingdan ziyod eksponatlar bor, – deydi Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid FayziYev. – Ular orasida miloddan avvalgi 2 mingyillikka oid Sopollitepa va Jarqo'ton topilmalari, Dalvarzintepaning milodiy I asrga oid oltin buyumlari, Afrosiyob va Toshkentdan topilgan X-XI asrga oid sopol idishlar, Amir Temur va temuriylar davriga oid ko'plab noyob qo'lyozmalar, rasmiy hujjatlar, kumush va mis tangalar, sopol idishlar, mis buyumlar, me`moriy qoplamalar, qurol-yarog', cholg'u asboblari, etnografik buyumlar mavjud. So'nggi uch yilda muzeydagi ekskursiyalar soni 10 mingdan ortdi. Muzey sayti (temurid.uz) o'zbek, rus, ingliz tillarida ishlab turibdi. Bu yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda muzeyning to'liq virtual ko'rinishi yaratildi. Unda muzey zallari bo'ylab sayohat va eksponatlar zamonaviy 3D shaklda namoyon bo'ladi. Muzey, Birinchi Prezidentimiz orzu qilganidek, ilmiy markazga aylandi. Ilmiy xodimlarimiz hozirgacha o'ndan ziyod mavzularda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Yubiley albomlari, to'plamlar, monografiyalar nashr etilmoqda.

...Muzeyning sovg'alar bo'limi. Bu Yerda fransiyaliklar bergan Amir Temur byusti, Berlin Islom muzeyidan kelgan “Boysung'ur Mirzoning 28 miniatyurasi” kitobi, Qozog'iston Prezidenti Nursulton NazarboYev sovg'a qilgan “Alma-Arasan darasi” kartinasi, Ozarbayjonning islimiy naqshli duxoba gilami kabi o'nlab noyob tuhfalarni ko'rish mumkin.

Ular orasida Birinchi Prezidentimiz sovg'alari alohida qiymatga ega: Sohibqironning ot ustida va taxtda o'tirgan chinni haykallari, ko'k billur vaza, Amir Temur va Mirzo Ulug'bek tasviri tushirilgan chinni lagan, XIX asrga oid mis ko'za.

– Noyob eksponatlarimizdan – arab tarixchisi Ahmad ibn Arabshohning “Ajoyib al-maqdur fi axbori at-Taymur” asarini (1436 yil) ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yil 24 iyulda muzeyga taqdim etgan, – deydi muzey kichik ilmiy xodimi Dilnoza Azizova. – Asar XVII asrda Gollandiyada “Elseviriana” bosmaxonasida arab tilida chop etilgan. 1401 yili Amir Temur buyrug'i bilan damashqlik olimlar bilan Samarqandga kelgan 12 yoshli ibn Arabshoh 1408 yilgacha Samarqandda yashagan. U o'z asarida Amir Temur davlati va unga chegaradosh mamlakatlar siyosiy, xo'jalik va madaniy turmushi haqida ko'plab tarixiy ma`lumotlarni yozib qoldirgan.

...Yillar, asrlar o'tadi. Xalqimiz omon ekan, mamlakatimiz shon-shavkatini yuksaltirish, xalqimiz turmushini farovon etish, farzandlarimiz kamoloti yo'lida kurashgan Amir Temur va Islom Karimov nomlari yonma-yon tilga olinaveradi. Zotan, xalqimizning tinch, to'kin va barqaror hayoti, yorug' kelajagi yo'lida fidoyilik va jasorat ko'rsatgan Xaloskor qahramonlar nomi haqli ravishda abadiyatga daxldordir.

Umid Yoqubov, O'zA sharhlovchisi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031