Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tramp haqidagi qo'pol hazildan keyin Gollivud yulduzi shousini yuzlab odam tark etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 179           Дата: 18-10-2016, 01:14          
Tramp haqidagi qo'pol hazildan keyin Gollivud yulduzi shousini yuzlab odam tark etdi

Gollivud yulduzi va hajvchisi Emi Shumer AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni Floridadagi shousida haqorat qilgandan keyin shouni 200 ga yaqin odam tark etgan. Bu haqda Tampa Bay Times portali xabar bergan.

Guvohlarning aytishicha, Shumer Trampni zo'ravon deb atab va uni mahluqqa o'xshatib, u haqda qo'pol hazil qilgan. Biroq yulduz bu bilan cheklanib qolmagan va sahnaga Trampni qo'llab-quvvatlovchi biror odam chiqib, u nima uchun Tramp nomzodini qo'llab-quvvatlashini tushuntirib berishini so'ragan.

Bunga javoban zaldan bir erkak sahnaga ko'tarilib, Trampga ovoz berishini, chunki uning raqibi Xillari Klintonga ishonmasligini aytgan. Shumerni bu javob qoniqtirmagan va u Tramp o'zining qiziqqonligi bilan juda xavfli ekanini aytib odamlarni "aqllarini yig'ishga" chorlagan.

Shundan keyin zaldagi ba`zi muxlislar aktrisaga nisbatan hushtakbozlik qilishgan. Shumerning o'zi esa norozilar zalni tark etishlari mumkinligini, yo'qsa buni qo'riqchilar qilishini aytgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728