Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Leonardo Di Kapriodan BMT elchisi vakolatidan voz kechish so'raldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 132           Дата: 16-10-2016, 05:54          
Leonardo Di Kapriodan BMT elchisi vakolatidan voz kechish so'raldi

Gollivud aktyori, BMTning iqlim muammolari bo'yicha elchisi hisoblanuvchi Leonardo Di Kaprioga bu vakolatdan voz kechish va korruptsion mojaroga aloqador bo'lgan Malayziyaning 1MDB jamg'armasidan olgan pullarni qaytarib berish talab qilindi.

Bu talab atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shug'ullanuvchi, Bruno Manser nomidagi shveysar jamg'armasi direktori Lukas Staumenn tomonidan bildirildi, deb xabar bermoqda Hollywood Reporter.

Bunga Di Kaprioning Malayziyada tropik o'rmonlari noqonuniy chopishga aloqador bo'lgan malayziyalik korrupsiyalashgan tadbirkorlar bilan aloqasi sabab bo'lgan.

"Di Kaprio Malayziyaning 1MDB jamg'armasi bilan bog'liq mojarodagi asosiy gumonlanuvchi shaxslar bilan shaxsiy va moliyaviy aloqalarini tushuntirishdan bosh tortib kelgan. Bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi, u BMT elchisi lavozimidan ketishi kerak. Biz atrof-muhitni agar korrupsiyani to'xtatmasak qutqara olmaymiz. Di Kaprio bu bilan bog'liq muammolarni hal qilishda yordam berishi kerak, biroq bugun u shu muammoning bir qismiga aylandi", deb aytdi Straumann Londondagi matbuot-anjumanida.

Straumann aktyor Indoneziyada o'rmonlarning yo'q qilinishiga qarshi chiqib, Malayziyada bu bilan bog'liq muammoga ko'z yumgani uchun uning ekologik faoliyatini ikkiyuzlamachilik deb atadi.

Straumann aktyor Malayziya jamg'armasiga "iflos pullarni" qaytarib berishi kerakligini aytgan, ulardan bir qismi aktyorning xayriya jamg'armasiga haqiqatda qayg'uruvchi odamlar tomonidan xayr-(e)hson qilingan. Avvalroq AQSh adliya vazirligi ham Di Kaprio jamg'armasini firibgarlik operatsiyalariga aloqadorlikda shubha qilib, sudga murojaat qilgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031