Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jahongir Otajonov nima uchun Shahzoda, Sevara Nazarxon va Sogdiana bilan duet kuylamaganiga oydinlik kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 262           Дата: 12-10-2016, 17:18          
Jahongir Otajonov nima uchun Shahzoda, Sevara Nazarxon va Sogdiana bilan duet kuylamaganiga oydinlik kiritdi

O‘zbekistonlik san’atkorlar orasida birinchilardan bo‘lib “Istiqlol” san’at saroyida bir yilda ikki marta konsert dasturini taqdim etayotgan xonanda Jahongir Otajonov konsertoldi matbuot anjumanini o‘tkazdi. Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan anjumanda 40 ga yaqin OAV vakillari, xususan, jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi, deb xabar beradi "Daryo.uz".

Avvalroq Jahongir Otajonov ushbu matbuot anjumanida keyingi konsertini 2017-yil mart oyida taqdim etishni, undan keyin esa har to‘rt oyda bir marta konsert berishni niyat qilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, xonanda to‘ylardagi xizmati uchun nega katta gonorar so‘rashi, konsertdan foyda olish-olmasligi haqidagi savollarga ham batafsil javob qaytargan edi. Otajonovga, shuningdek, duetlar masalasida ham savol bilan murojaat qilishdi.

— Har bir ijodkorning duet aytgisi keladi, — dedi Jahongir Otajonov. — Ikki yilcha ilgari Shahzoda bir odam orqali men bilan duet qo‘shiq aytish taklifini qilgan ekan. Shahzodaning mavqei, shou-biznesdagi o‘rni yuqori, ko‘chada meni kimdir tanimasligi mumkin, ammo Shahzodani albatta tanishadi. Biroq u bilan yo‘nalishimiz har xil, shuning uchun men bu taklifga javob bera olmadim. Shahzoda bilan duet aytsam, meni yanada tanilardim, bu yaxshi natija berishi mumkin edi. Biroq tanilish uchun ijod qilinmaydi. Uning yo‘nalishi boshqa, mening yo‘nalishim boshqa. Shahzoda bilan qo‘shiq kuylagan taqdirimda ham, bu qo‘shiq chiroyli bo‘lmasdi, deb o‘yladim.

Undan avvalroq Feruza Jumaniyozovaga o‘zim taklif bilan chiqqanman, ammo uning onasi: “Qani, qo‘shig‘ingni eshitib ko‘raylik-chi?!”, degani uchun, duet bo‘lmadi. Men ham uncha-muncha qo‘shiqni kuylamayman, shu vaqtgacha ijodga yengil yondashmaganman. Gaplari menga og‘ir botdimi, ishqilib, Feruza Jumaniyozova bilan ham duet kuylamadik.

Bundan o‘n yillar oldin “Kamolot”ning tadbirida qatnashish uchun Sevara Nazarxon bilan birga ancha yo‘l yurganmiz. O‘shanda Sevaraga ham duet kuylash taklifini qilganman. Biroq, o‘ylashimcha, u bilan kuylagan duetimiz ham ko‘ngildagidek chiqmagan bo‘lardi. Gulsanam Mamazoitovaga duet aytishni taklif qilganman, kelishganmiz, ammo o‘zimning aybim bilan bu ham oxiriga yetmay qolgan. Sogdiana bilan ham duet qilmoqchi bo‘lgandik, afsuski, bu ish ham o‘xshamagan.

Jahon estradasida juda mukammal duetlar bor. Biz ham bemalol ular darajasida ijod qilishimiz mumkin. Duet qo‘shiqni bir tomonning taklifi bilan yaratib bo‘lmaydi, duetdoshda ham fikr bo‘lishi kerak. Men qo‘shiq yozib: “Mana bunday aytasiz”, deganim bilan, bu duet bo‘lmaydi: kimdir qo‘shiq tayyorlasa, boshqa biri uni faqatgina kuylasa — bu duet emas, balki ikki alohida xonandaning qo‘shig‘i bo‘ladi, xolos.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031