Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jahongir Otajonov Shahzoda bilan duet kuylash taklifini rad etganini aytdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 245           Дата: 4-10-2016, 22:25          
Jahongir Otajonov Shahzoda bilan duet kuylash taklifini rad etganini aytdi

Avvalroq, xonanda Jahongir Otajonov 28-29 oktyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan “Kuz gullari” nomli konsert dasturi oldidan OAV xodimlari ishtirokida Matbuot anjumani tashkil etgani haqida xabar bergan edik. Jurnalistlar bilan yuzma-yuz muloqotga kirishgan Otajonov ko‘plab savollarga javob berar ekan, o‘zbek estradasida o‘zining “oliy nav” bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Xonanda boshqa hamkasblarining ijodiga baho berish barobarida, duetlar borasidagi savollarni ham ochiq qoldirmadi.

“Duet aytish oson ish emas. Yaqinda xonanda Shahzodaning men bilan duet kuylamoqchiligi haqidagi xabarni yetkazishdi. Avvalo, taklif uchun raxmat! Shahzodani hurmat qilaman. Ko‘chada yursak meni tanimasliklari mumkin, ammo Shahzodani tanishlari aniq. Taklifga kelsak, u boshqa janrda ijod qiladi. Qo‘shiqlari xalq tiliga tez o‘rnashadi. To‘g‘risi, uning taklifiga javob bera olmadim...(o‘ylanib) Ijodda o‘zimning vaznim bilan uning vaznini tasavvur qila olmadim. Balki u bilan duet kuylasam, mashhurlikka erisharman. Ammo mashhurlik uchun ijod qilinmaydi-ku. Men uchun qo‘shiq aytishdan oson ish yo‘q, lekin bu duet chiroyli chiqmasdi”, deydi Jahongir Otajonov.

Xonanda duetlar borasidagi fikrlarini davom ettirar ekan, qachonlardir xorazmlik hamkasbi Feruza Jumaniyozovaga birgalikda duet kuylash taklifini bildirgani, uning ma’muri esa “Avval, ashulangni eshitib ko‘ray”, deganidan keyin qayta bu taklifni bermaganini aytdi.

“Bundan 15 yil avval, xonanda Sevara Nazarxonga duet kuylash taklifini bildirgandim. U rozi bo‘ldi, keyin esa Sevara bilan uchrashmadik”, deydi Jahongir Otajonov.

Manba: Qalampir.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031