Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shohjahon Jo‘rayev yangi imidji haqida: “Men kuylamoqchi bo‘lgan qo‘shiqlarga mo‘ylovli Shohjahon to‘g‘ri kelmas ekan”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 619           Дата: 4-10-2016, 10:22          
Shohjahon Jo‘rayev yangi imidji haqida: “Men kuylamoqchi bo‘lgan qo‘shiqlarga mo‘ylovli Shohjahon to‘g‘ri kelmas ekan”

Xonanda Shohjahon Jo‘rayev imidjini o‘zgartirgani va o‘zining “tashrif qog‘ozi”ga aylanib qolgan mo‘ylovi bilan xayrlashganiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Darakchi» sayti.

“Bu haqda gapirsam, tarixi uzun. Bilasizmi, o‘zimga qolsa bu imidjda allaqchon ko‘rinish bergan bo‘lardim. Ammo ijodimni boshlagan yillarim istasam-istamasam, dadamga qiyoslovchilar ko‘p bo‘lgan. Mana o‘n yildirki, dadamning yo‘nalishida, ularning qo‘shiqlarini qayta kuylab ijod qildim, to‘plamlar yaratdim. Tan olishim kerak, shu kungacha sahnaga chiqqanimda men uchun emas, dadam uchun qarsak chalinardi, ya’ni ularning qo‘shiqlarini kuylaganim uchun. Ammo butun umr soyada yurishim to‘g‘ri emasligini yaxshi bilaman. Bugun dadamga munosib o‘g‘il ekanimni yetarli darajada isbotladim. Endi ko‘rganlar kimningdir o‘g‘li emas, Shohjahon Jo‘rayev deyishyapti. Sekin-sekin ikki yo‘nalishni qorishtirib, o‘zim istagan yo‘nalishga ham yetib kelyapman. Aytmoqchimanki, aslida men yaratishni istagan qo‘shiqlar bugungi kunda jarang sochishni boshladi, prem’erasi kutilayotganlari ham bor. Men istagan yo‘nalishdagi qo‘shiqlarga esa mo‘ylovli Shohjahon to‘g‘ri kelmas edi. Shuning uchun imidijimga biroz o‘zgartirish kiritdik. Bugungi yaratadigan qo‘shiqlarim 35 yoshdan kichik bo‘lganlarga mo‘ljalangan. Rok-n-roll elementlari qo‘llanilayotgan yangi qo‘shiqlarimni eski shinavandalarim tushunmay qolishadimi deyman-da. Tez kunlarda yangi albomdan joy olgan “Go‘zalim” qo‘shig‘i efirlarga uzatiladi. Bu qo‘shiq milliy yo‘nalishda emas, u yoshlarbop janrda. Nima demoqchiligimni muxlislar qo‘shiqni tinglaganda bilib olishadi”,—deydi Shohjahon Jo‘rayev.

Xonanda bilan to‘liq intervyuni “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 40-sonida o‘qishingiz mumkin.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930