Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Robbi Uil'yams: "Ruslar kabi bayram qil!"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 86           Дата: 30-09-2016, 16:52          
Robbi Uil'yams: "Ruslar kabi bayram qil!"

Britaniyalik qo'shiqchi Robbi Uil'yams o'zining Facebook'dagi sahifasida "Party Like A Russian" ("Ruslar kabi bayram qil") qo'shig'iga tasvirga olingan klipni taqdim etdi. Rolikda u hashamatli saroyda baletchi qizlar bilan raqsga tushadi.

Honanda butun millatning pulini o'marib, shahsiy kosmik stantsiyasini qurgan, hech qachon tabassum qilmaydigan badavlat rus kishisi haqida kuylagan.

"Ruslar kabi bayram qil, ortiqcha gap-so'zni to'htat, huddi aqldan ozgandek raqsga tush", - deyiladi qo'shiq matnida, hattoki bir necha ruscha so'zlarni ham qo'shib qo'yadi. Ushbu kompozitsiya qo'shiqchining yangi "Heavy Entertainment Show" al'bomiga kiritilgan.

Uil'yams qo'shiqdan Rossiya prezidenti haqidagi misralarni olib tashlaganini tan aytdi:

"Rossiyada 147 million kishi yashaydi. Ularni hafa qilmoqchi emasman. Nima bo'lganda ham, ularning hazil-mutoyibaga munosabati qanday ekanini bilmayman. Men hech kimning ustidan kulmadim. Qo'shiq siyosiy jihatdan nobop bo'lmasligi uchun undan bir necha misralarni olib tashladim", - dedi Uil'yams The Sun nashriga bergan interv'yusida.

Robbi Uil'yams Britaniyaning eng mashhur qo'shiqchisi hisoblanadi. Ijrochi al'bomlarining dunyo miqyosida sotilishi 55 million nushadan oshadi. Qo'shiqchi bir necha marotaba Rossiyada bo'lgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн