Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Temur tuzuklari» veb-sayt ko'rinishida taqdim etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 330           Дата: 27-09-2016, 13:58          
«Temur tuzuklari» veb-sayt ko'rinishida taqdim etildi

O'zbekiston Respublikasi Ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarligida Komp'yuter va ahborot tehnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish Markazi — UzInfocom tashabbusi bilan sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari» asari foydalanuvchilarga veb-sayt ko'rinishida taqdim etildi.

Eslatib o'tish joizki, 2011 yilda Amir Temur tavalludining 675 yilligi munosabati bilan O'zbekistonda Islom Karimov taklifiga binoan davlat rahbari va fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari, mamlakat va armiyani boshqarish tamoyillari o'z ifodasini topgan asar davlat rahbarining so'zboshi ostida nashr etilgan edi.

Veb-saytni foydalanuvchilar uchun qiziqarli va qulay ishlab chiqishda yuqorida keltirilgan nashrning matni hamda Amir Temur va «Temur tuzuklari» asariga ishlangan miniatyuralar, rangli illyustratsiyalar va suratlardan foydalanilgan.

«Temur tuzuklari» veb-sayt ko'rinishida taqdim etildi

Mazkur manba orqali Amir Temur biografiyasi, uning hayotiga oid qiziqarli ma`lumotlarni o'qish yoki yuklab olish mumkin.

«Temur tuzuklari» sahifasi O'zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning Amir Temur haqida aytgan so'zlari bilan boshlanadi.

«Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san`at va me`morchilikka oid qarashlari, hayotning ma`no-mazmuni, insonni ulug'laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo'yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko'zlab, el manfaatini o'ylab ish tutish bilan bog'liq ibratli fazilatlarini alohida ta`kidlash o'rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo'lgan «Temur tuzuklari» asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta`sirchan tarzda yoritilgan», — deydi Islom Karimov Amir Temur «Temur tuzuklari» asari haqida.

Shuningdek, veb-saytda «Temur tuzuklari» asari haqidagi qimmatli maqola va qiziqarli ma`lumotlariga keng o'rin berilgan. Ahamiyatlisi, ma`lumotlar foydalanuvchilar uchun qulay, zamonaviy shakllarda taqdim etilishiga alohida e`tibor qaratilgan. Mazkur veb-sayt «Temur tuzuklari», «Solnoma», «Ehtirom», «Qiziqarli ma`lumotlar» bo'limlari hamda «Fotogalereya» va «Mundarija»ga ega.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн