Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Joli va Pitt nikoh shartnomasini tuzganda nimaga kelishishgan?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 217           Дата: 26-09-2016, 19:48          
Joli va Pitt nikoh shartnomasini tuzganda nimaga kelishishgan?

AnjYelina Joli va Bred Pitt ajrashish jarayonida mol-mulkni taqsimlashmaydi, zero Hollivud yulduzlari nikoh shartnomasini tuzganda shunga kelishishgan. Bu haqida 26 sentyabr' kuni TMZ nashri ma`lum qildi.

Juftlikka yaqin manbaning habar berishicha, shartnomada ularning birgalikdagi turmushlaridan tortib, to moliyaviy vositalarni taqsimlashigacha barcha jihatlar inobatga olingan. Ta`kidlanishicha, bu Yerda gap 400 million dollar haqida bormoqda.

Aktyorlar birgalikdagi turmushlari davomida 12 ko'chmas mulk ob`Yektini qo'lga kiritishgan. Ulardan Yettitasini Pitt, ikkitasini Joli harid qilgan. Juftlik 2014 yilda rasman oila qurganidan so'ng yana uch uy sotib olgan, Frantsiyadagi villa, Yangi Orleandagi (AQSh) koshona va N'yu-Yorkdagi kvartira shular jumlasidandir. Bred va AnjYelina ko'chmas mulkni qanday taqsimlashi hozircha noma`lum.

Joli-Pitt juftligining oldida turgan asosiy masala - 6 nafar bolaga g'amho'rlik qilish. AnjYelina sudga murojaat qilib, farzandlari ustidan vorislik qilish huquqi unga berilishini so'ragan, Bredga esa ularni dam olish kunlari ko'rish imkonini qoldirgan. Pitt esa farzandlarini tarbiyalash huquqi uchun kurashmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 20 sentyabr' kuni ommaviy ahborot vositalarida AnjYelina Jolining turmush o'rtog'i bilan ajrashish uchun hujjatlarni topshirgani to'g'risida habar tarqalgan edi. Mahalliy OAVga ko'ra, aktrisa Pittning otalik burchini to'kis ado eta olmayotganligidan norozi.

41 yoshli AnjYelina Joli va 52 yoshli Bred Pitt 2005 yildan buyon birga yashab kelishgan, 2014 yilning avgustida esa rasman oila qurishgan. Juftlik 3 nafar bolani asrab olgan: kambojalik Meddoks, v'Yetnamlik Paks va efiopiyalik Zahara. Bundan tashqari ularning 3 nafar biologik farzandi bor: Shaylo, egizaklar Noks va Viv'Yen.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн