Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: Joli o'zi va bolalari uchun Malibuda uy ijaraga olgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 121           Дата: 26-09-2016, 10:43          
OAV: Joli o'zi va bolalari uchun Malibuda uy ijaraga olgan

Aktrisa AnjYelina Joli Bred Bitt bilan ajrashuvi haqida rasman e`lon qilinishidan 3 hafta oldin Malibuda oyiga 95 ming dollar to'lash sharti bilan uy ijaraga olgan. Bu haqda Daily Mail habar qildi.

Nashr ma`lumotiga ko'ra, aktrisa o'zi va 6 nafar farzandi uchun 12 mln dollar evaziga uy ijaraga olgan. Qayd etilishicha, uy qattiq qo'riqlanadi va begonalar nazaridan yiroqda.

Joli bilan aktyorlar Entoni Hopkins, Juliya Roberts va Shon Pen qo'shni bo'lib yashamoqda.

TMZ ma`lumotiga ko'ra, Tinch okeani sohillariga yaqin hududda joylashgan bu uyda 5ta yotoqhona, 5ta yuvinish honasi hamda bolalar uchun suv havzasi mavjud.

Bundan oldinroq, Joli va Pittning ajrashuviga sabablardan biri sifatida keltirilayotgan samolyotdagi janjal tafsilotlari ma`lum bo'lgandi.

Hodisa o'tgan haftada hususiy samolyotdagi reys davomida ro'y berdi va bu haqda Los-AnjYeles politsiyasiga ma`lum qilgan ekipaj a`zolaridan biri tufayli jamoatchilikka oshkor bo'ldi. TMZ manbalariga ko'ra, oilaning 15 yoshli o'g'li Meddoks Pittni g'azabga keltiruvchi nimadir degan va aktyor AnjYelina Joli ikkisining o'rtasiga turishga ulgurganiga qaramay, o'g'liga tashlangan.

Janjal samolyot qo'nganidan so'ng ham davom etgan.

Boshqa manbalarga ko'ra, Bred Pittning narkotiklar va alkogol' ta`sirida g'azabga berilishi Joli to'qigan uydirma bo'lib, aktrisa shu yo'l bilan eridan ajrashmoqchi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031