Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kinotaqriz: Hotirani-da huruj qildiradigan ishq qissasi…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 136           Дата: 25-09-2016, 11:10          
Kinotaqriz: Hotirani-da huruj qildiradigan ishq qissasi…

Jurnalist O'tkir Jalolhonov o'z kinotaqrizida o'zbek kinoihlosmandiga jahon kinosi namunalaridan birini tavsiya etadi.

Ish kuni ohirlaganda odam shunchalik charchab ketdiki… Ish charchatmadi, qayoqqa qarasang, portlagan, yongan, o'ldirilgan. Yomon habarlardan odamning miyasi portlab ketay deydi. Tun yarmiga yaqinlashib qolgan, hamon ishhonada edim. Hayot go'zalliklarini unutayozgan hayolimga yordam berar deb Google’ga murojaat qildim. Yangiliklar bo'limini tanlab, qidiruv maydoniga qadrdon ismni yozdim: Juzeppe Tornatore. Google shunday katta hushhabar berdiki, hamma yomon narsalar yoddan ko'tarildi: Juzeppe Tornatore yangi fil'm ishladi. Asar (bu ijodkorning har bir kinosi asar degulik) bir oycha ilgari rus tiliga o'girilgan ekan. U haqida yozilgan ikki qator gapning o'zi qanchalik ajoyib ekanini ko'rsatib turardi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Ahir uni “Juzeppe aka” ishlagan-ku! Shu kundan halovat qochdi. Na ishda unum bo'ldi, na yurish-turishda. Fil'm hayoldan ketmadi. Ruscha nomi “DvoYe vo vsellennih” (La Corrispondenza). Ikki-uch kundan keyin topdim. Hayajon bilan ekranga tikildim va … Anchadan beri yahshi kino nima ekanini unutib qo'yganim uchun qalbim orom topdi. Shunday ijodkorlar borligiga shukur. Har qanday asari san`atni bezab turadigan kinochilar bor ekani ne`matdir-da?! “Pianinochi haqida afsona” (Bosh rolda Tim Rot o'ynagan), “Hammasi ko'ngildagidek” (Bosh rolda Marchelo Mastroyani), “Malena” (Bosh rolda Monika Beluchchi), “Yangi Paradizo kinoteatri” va “Eng yahshi taklif” kabi ajoyib fil'mlari ko'ngillarga kirib borgan Juzeppe Tornatorening bu galgi fil'mi hayol, muhabbat va hotiraning yoqimli huruji haqida…

Kimnidir sog'insagiz‑da, uni ko'rishga imkon bo'lmasa, yolg'izlikni hohlaysiz. Iloji bo'lsa, suv jildirab turgan yoki mashinalarning shovqini uzoqdan eshitilib turgan qop-qorong'u darahtzor. Yurak faqat bir narsani hohlaydi: o'ylashni, hayol surishni. Sog'ingan insoningiz haqida kulib, yig'lab, Yer tepinib, osmonga, yulduzlarga qarab o'ylagingiz keladi. Huruj qiladi… Hayol huruj qiladi, hotiralar, insonni kul qilib yuboradigan qarashlar huruj qiladi. Mana shu hotiralardan ajralib qolishni tasavvur eta olasizmi? Doim yoningizda bo'lishini istaganingiz, sevganingiz, ko'z ochib ko'rganingizga aylanmasa‑yu, uni faqat ko'zlarni yumib ko'rsangiz, hotiralardan bo'lak u bilan bog'laydigan hech narsangiz bo'lmasa… Ohir-oqibat, mana shu hotirotlardan ham ayrilishni tasavvur eta olasizmi? Bu juda og'irku?!..

Fil'ming bosh qahramoni yoshgina, chiroyli qiz (Juzeppe akaning fil'mlarida uzoqdan ko'rinib ketadigan ayol ham chiroyli bo'lishiga alohida e`tibor beriladi). U fil'mlarda murakkab sahnalarni ijro etadi. Hullas, kaskadyor. Qizning sevgilisi yoshi undan ancha katta bo'lgan fizik olim. Doim safarlarda, konferentsiyalarda yuradi, lekin qizni bir soniya ham yodidan ko'tarmaydi. Unga har kuni videohabar yuborib turadi. Qizni shunchalik yahshi biladiki, u qachon nima qilishi‑yu, uyg'onganda qanday qiliqlar qilishigacha yoddan biladi. Har kuni kutilmagan syurprizlar qilib, qizni hursand qiladi.

Bir kuni qiz universitetda, fizika darsida o'tirgan bo'ladi va o'qituvchi barchadan mashhur fizik olim halok bo'lgani munosabati bilan bir daqiqa sukut saqlashni so'raydi. Ekranda esa ... qizning sevgilisi professorning surati paydo bo'ladi. Hammasi shundan boshlanadi. Qiz bunga ishonmaydi, chunki sevgilisi unga har soatda videohabar yuborib turgan edi. Bu habardan shokka tushib, Londonda o'qiydigan olimni qidirib, Edinburgga jo'naydi. Sevgilisining uyi oldiga kelganida telefoniga habar keladi: “Agar seni rostdan ham yahshi bilsam, sen hozir Edinburgdagi uyim oldidasan”. Qiz alqdan ozay deydi. Butun shahardagi qabristonlarni kezadi va sevgilisi rostdan ham o'lganini biladi. Biroq habarlar kelishdan to'htamaydi. Undan har kuni smslar, videohabarlar kelaverishi qizni telbaga aylantiradi. Chunki u qiz qaYerda ekanini aniq bilar va ayni vaqtda nima qilayotganigacha aytib berardi. Bu hech qanday mo'`jiza emas, shunchaki … ma`shuqasini juda yahshi bilardi.

Kunlarning birida qiz barchasini aniqlashtiradigan hat oladi: “Joningga tegib ketganimni bilaman. Agar hatlar va sovg'alar kelishi to'htashini hohlasang, mening elektron pochtamga ismimni 11 marta yozib yubor va hammasi tugaydi”. Asabiylashib turgan vaqtida qiz shunday qiladi ham. Lekin… endi u uchun haqiqiy jahannam boshlanadi. Sevgilisidan kelib turgan hatlar, videolar, sovg'alar to'htab qoladi. … U bedavo dardga chalinganini bilgani uchun hayotining ohirgi ikki oyini sevgilisiga sms va videohabar yozish bilan o'tkazgandi. U tayyorlagan syurprizlar bir necha yilga Yetgulik bo'ladi. Tehnika bilan “na ty” bo'lgan olim pochta hizmati va do'stlariga kerakli topshiriqlarni bergan, pochtasiga sevgilisi tomonidan ismi 11 marta yozilgan habar yuborilsa, barcha hatlar yuborilishi to'htaydigan sistema yaratgandi.

Qiz o'sha kundan hayotidagi barcha narsani unutadi va sevgilisi yozgan hatlar, videolavhalar kelishini tiklash haqida o'ylaydi. Uning barcha do'stlarini, unga hat yuborgan pochta hizmatlarini oyoqqa turg'azadi, lekin pochtaga yuborilgan habardan keyin barcha jo'natmalar ortda qaytarilgan edi.

Hayotdan to'yib ketgan qiz bir kuni sevgilisining pochtasiga o'zining ismini 11 marta yozib yuboradi va … Va hammasi yana tiklanadi. Sevgilisidan telefoniga videohabar keladi: “Yarashib olganimizdan hursandman, endi yana senga habar yozishim mumkin”. Shundan keyin yana hatlar kela boshlaydi. Qizning hotira huruji bosiladi… Dengizga qarab sevgilisining videohabarini tomosha qilayotgan qiz tasviri bilan fil'm tugaydi…

Haqiqiy san`at asarini sog'inganlar, takrorlanmas ijodkor Juzeppe Tornatorening navbatdagi shedevr fil'mini ko'rsangiz, afsuslanmaysiz.

Kinotaqriz: Hotirani-da huruj qildiradigan ishq qissasi…

O'tkir Jalolhonov

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн