Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shnobel' mukofoti-2016: kimlar munosib deb topildi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 220           Дата: 24-09-2016, 07:33          
Shnobel' mukofoti-2016: kimlar munosib deb topildi?

Har yili chinakam Nobel' mukofoti g'oliblari Harvardda yig'ilib, ilmiylikka da`vogar bo'lgan, biroq aniq amaliy dasturga ega bo'lmagan, turli ikkilantiruvchi tajriba va ihtirolarni yaratgan kishilarga mukofot topshirishadi.

22 sentyabr' kuni Sanders teatrida 26-marotaba Shnobel' mukofoti taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Shnobel' mukofoti-2016: kimlar munosib deb topildi?

Biologiya

Bu yo'nalishda mukofotni birdaniga ikki inson qo'lga kiritdi: Charl'z Foster va Tomas Tueytes.
Tueytes uch kun davomida Al'p tog'laridan echki kabi o'tdi — bu maqsadni amalga oshirish uchun unga tuyoqlilar kabi aniq harakatlanadigan mahsus protezlar tayyorlandi.

Foster hayvonga aylandi — masalan, tulki kabi chiqindi idishini kovladi va bog'da uhladi.

Tadqiqotchilar g'oyasi tushkun kayfiyatdan qutilib, hayvonlar hayotini yaqinroq anglashdan iboratdir.

Kimyo

Shnobele' mukofotini bu nominatsiya bo'yicha azot oksidi chiqindi gazlarini tarkibidagi testlarni aldashning mug'ombirona yo'lini topgan Volkswagen kompaniyasi qo'lga kiritdi.

Kompaniya avtomobillari tizim bilan jihozlandi va mashina chiqindilarini me`yoriy deb ko'rsatgan holda mutahassislarni aldashdi.

Qayta ishlab chiqarish

Bu sohadagi mukofot 2007 yilda vafot etgan misrlik marhum tadqiqotchi Ahmad Shafiqqa taqdim etildi.

Tadqiqotda kalamushlarga sintetik kiyim kiydirilsa ularning ko'payish jarayoni sekinlashishini aniqlangan edi.

Shnobel' mukofoti-2016: kimlar munosib deb topildi?

Iqtisodiyot

Yangi Zelandiyalik professor Mark Avis hamkasblari bilan birgalikda toshlar yorqin individuallikka egaligini va ularning har biri batafsil personallashtirishdan rivojlanishini aniqladi.

Fizika

Bu sohadagi mukofot birdaniga to'rt mamlakat vakili — Vengriya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveytsariyaga nasib etdi.

Birinchidan, ular ot hashoratlari oq tulporlarga qo'nmasligini va ular asosan qora va jigarrang jonivorlarga hujum qilishini aniqlashdi. Hashoratlar ko'zining tuzilishi tufayli ular oq otlarni ko'ra olishmaydi.

Ikkinchidan, mazkur jamoa qora qabr toshlari ninachilar uchun suv yuzasi bo'lib ko'rinishini isbotlashdi. Natijada, ular unga qo'nishadi.

Tibbiyot

Kristof Helmhen va uning nemis hamkasblari agarda insonning chap tomoni qichisa uni to'htatish uchun oynaga qarab, huddi o'sha Yerning o'ng tomonini qichish kerakligini (yoki aksi) aniqlashdi.

Psihologiya

Bel'giyalik Evelin Debi yolg'on so'zlashga yoshning ahamiyati qanday ekanligini o'rgandi. Tadqiqotchilar ko'ngillilarni yolg'on so'zlashga majburlashdi, keyin esa ular mazkur jarayon tezligini hisoblashdi. Ma`lum bo'lishicha, eng malakali yolg'onchilar o'smirlar bo'lib chiqdi, yillar o'tgan sari esa bu ko'nikma kamayib boradi.

Adabiyot

Shved entomologi Fredrik Syoberg mukofotni uch jildli «Pashshalar kollektsiya qiluvchining yo'li» avtobiografiya asarining o'lik va hali tirik bo'lgan pashshalarni ta`riflovchi birinchi qismi uchun oldi.

Trilogiyaning birinchi qismi rus tilida «Malez qopqoni yohud noodatiy ehtirosga asir bo'lib yashash bahti, pashshalar va taqdirning ajoyibotlari haqida» deb nomlandi.

O'zining ko'p yillik tajribasiga asoslangan holda olim hammasidan ko'proq hira pashshalarni yahshi ko'rishini aytib o'tgan.

Shnobel' mukofoti-2016: kimlar munosib deb topildi?

Idrok qilish

Mazkur sohada mukofotni yapon olimlari Atsuki Higasiyama va Kohey Adati bo'lib olishdi. Ular agar narsaga pastda ikki oyoq orasidan qaralsa, buyumga bo'lgan masofa qisqarishini aniqlashdi.

Bu qarorni tekshirish uchun ular nazorat guruhiga tasvirni 180 darajaga aylantirib yuboruvchi ko'zoynak taqishdi, Biroq ularda hech qanday ta`sir kuzatilmadi. Tajriba ish aynan bosh yo'nalishiga bog'liq ekanligini isbotladi.

Dunyo mukofoti

Shnobel' dunyo mukofotini Kanadadagi Vaterloo universiteti doktoranti Pennikuk va uning hamkasblari qo'lga kiritdi.

Olimlar tajribaviy yo'l bilan ijtimoiy tarmoqlarda «chuqur ma`noli» so'zlarni peyzajlar fonida joylashtirishni sevadiganlar o'z ongining past darajasi bilan ajralib turishi va g'ayritabiiy hodisalar, fitnali nazariyaga ko'proq ishonishini aniqlashdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн