Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 236           Дата: 20-09-2016, 16:37          

Kann festivali Venetsiya kinofestivalining muqobili sifatida paydo bo'ldi. 1938 yili Venetsiya festivalining bosh mukofotiga Leni Rifenshtalning "Olimpiya" fil'mi munosib ko'riladi, Amerika va Frantsiya delegatsiyalari hakamlar hay`atining bunday pozitsiyasiga qarshiligini namoyish etib, festivalni tark etishadi. Shundan so'ng 1939 yilda frantsuzlar ko'rkam Kann shahrida kinofestival' tashkillashtirishadi, biroq ikkinchi jahon urushi halaqit beradi. Ilk Kann festivali 1946 yilda namoyish etilgan. Kann festivali doimo o'zining mustaqilligi va Yengilligi bilan ajralib turadi. U Yerda sobiq ittifoq fil'mlari ham yahshi qabul qilingan. Kruazett sohillarida "Olovli yillar qissasi", "Optimistik fojia" va hattoki "Lenin Pol'shada" kartinasi turli hil yo'nalishlarda Kann mukofotini qo'lga kiritgan. Bosh mukofot - "Oltin pal'ma shohi"ga esa sobiq ittifoqning faqatgina bir fil'mi - "Turnalar uchmoqda" sazovor bo'lgan. Festivalning 70 yilligi munosabati bilan turli yillarda Kann mukofotini qo'lga kiritgan sobiq ittifoq fil'mlarini yodga olamiz.

1969 yil. Andrey Tarkovskiy "Andrey Rublyov" filmi uchun Tanqidchilar mukofotini olgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

2014 yil. Andrey Zvyagintsevning "Leviafan" fil'mi "Eng yahshi stsenariy" yo'nalishida g'olib bo'lgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

2011 yil. Andrey Zvyagintsev "Yelena" fil'mi mahsus mukofotni qo'lga kiritgan. Suratda Zvyagintsev aktrisalar Nadejda Markina va Yelena Lyadovoylar bilan Kann festivalida

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

1987 yil. "Taassuf" fil'mi rejissyor-postanovkachisi Tengiz Abulzade hamda aktrisa Ketevan Abulzade Kann kinofestivalining bosh mukofoti va diplomi bilan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

1979 yil. Andrey Konchalovskiy "Sibiriada" uchun Gran-pri mukofotiga sazovor bo'lgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

1972 yil. Andrey Tarkovskiy "Solyaris" fil'mi uchun Gran-pri mukofotini qo'lga kiritgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

1960 yil. Aktrisa Iya Savina "Ayol bilan it" fil'midagi bosh roli uchun mahsus mukofotga loyiq, deb topilgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

1958 yil. Festivalning bosh mukofoti "Oltin pal'ma shohi" Mihail Kalatozovning "Turnalar uchmoqda" kartinasiga nasib etgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

1957 yil. Grigoriy Chuhrayning "Qirq birinchi" fil'miga mahsus mukofot topshirilgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

1946 yil. Fridrih Ermlerning "Katta o'zgarish" fil'mi Gran-pri mukofotini olgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

1955 yil. Galina Ulanova ishtirokidagi "Romeo va Jul'Yetta" fil'mi "Kinematografiyada balet talqini" uchun mukofotini qo'lga kiritgan

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн