Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV Unilever’ning aktrisa JYessika Al'baning kompaniyasini sotib olmoqchi ekanligidan habardor bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 204           Дата: 16-09-2016, 19:55          
OAV Unilever’ning aktrisa JYessika Al'baning kompaniyasini sotib olmoqchi ekanligidan habardor bo'ldi

Dove va Domestos kabi brendlar egasi Unilever kompaniyasi Gollivud aktrisasi JYessika Al'ba tomonidan asos solingan va ekologik bolalar tagliklari va gigiYenik vositalar ishlab chiqaruvchi Honest Co. kompaniyasini sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Wall Street Journal o'z manbalariga iqtibos keltirgan holda habar bermoqda.

Nashr manbalari ma`lumotlariga ko'ra, Unilever 1 mlrd dollardan ko'proq qiymatga ega bitimni muhokama qilmoqda. Muzokaralar ilk bosqichida turibdi, Honest aktsiyalarini birjaga chiqarishi ham mumkin.

Honest kompaniyasi 2011 yilda yaratilgan. Kompaniya 100 dan ortiq mahsulot, jumladan gipoallergen kir yuvish kukunlari va maishiy tozalash vositalari, bolalar tagliklari, shahsiy gigiYena vositalari va kosmetik mahsulotlar ishlab chiqaradi. Honest o'z mahsulotini sayti va Target va Whole Foods Markets kabi reteylerlar orqali sotadi.

Nashrning yozishicha, kompaniya faoliyati davomida 200 mln dollardan ko'proq investitsiya jalb qilgan va ba`zi investorlar oldida agar kompaniya sotiladigan bo'lsa ular kiritgan mablag'ni ikki hissa qilib qaytarishga va`da bergan. 2015 yilda kompaniya 1,7 mlrd dollarga baholangan. Ma`lumotlarga ko'ra, kompaniya yiliga 300 mln dollarga yaqin daromad oladi.

Kompaniya asoschisi JYessika Al'ba 2016 yilda Forbes jurnalining o'z davlatini mustaqil ravishda to'plagan AQShning eng badavlat ayollari reytingiga birinchi marta kirdi. Al'ba bu ro'yhatda 42-o'rinni egalladi. Nashr uning boyligini 340 mln dollarga baholagan.

Unilever kompaniyasining Honest’ni sotib olishi tez sur`atlar bilan o'sayotgan ekologik toza tozalash va gigiYena vositalari bozorida o'z mavqeini mustahkamlab olishiga imkon beradi. Unilever o'z mahsulotlarini butun dunyoda sotadi, biroq AQShda Honest bilan raqobatlashmaydi.

Honest esa Procter & Gamble va Clorox kabi yirik kompaniyalar bilan iste`molchilarga kuchli kimyoviy moddalardan holi tozalash vositalarini taqdim qilishga va`da berib raqobatlashishga urinib keladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн