Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

"Kamalak yulduzlari-2016" bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlanganini e`lon qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 522           Дата: 13-09-2016, 16:22          

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Yoshlar tashabbuslari markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Halq ta`limi vazirligi “Kamalak yulduzlari-2016” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlanganini e`lon qiladi. Arizalar 2016 yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar qabul qilinadi.

"Kamalak yulduzlari-2016" bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlanganini e`lon qilindi

“Kamalak yulduzlari” tanlovini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, iste`dod va mahoratlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratib berish, yosh avlodning ma`naviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, san`at va go'zallikka bo'lgan intilishini kuchaytirish, milliy san`at an`analari va yo'nalishlarini asrash, rivojlantirish hamda davom ettirishdir. Unda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan iqtidorli bolalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi olti yo'nalish bo'yicha o'tkaziladi:

“A” yo'nalishi — fortepiano, torli-kamonli, damli va zarbli cholg'u asboblari;

“V” yo'nalishi — milliy va akademik ijro, estrada, fol'klor va hor guruhlari;

“S” yo'nalishi — plektorli, kamonli, damli va zarbli halq cholg'u asboblari;

“D” yo'nalishi — milliy, ball va zamonaviy raqslar;

“Ye” yo'nalishi — tasviriy (grafika, rang-tasvir, haykaltaroshlik) va amaliy san`at (zardo'zlik, do'ppido'zlik, quroqchilik, gilamdo'zlik, qo'g'irchoqchilik, kashtachilik, gobelen', batik, naqqoshlik, ganchkorlik, kulolchilik, yog'och o'ymakorligi, misgarlik, kandakorlik, toshtaroshlik);

“G'” yo'nalishi — nasriy (ertak, hikoya, qissa, roman) nazm asarlari ( she`r, g'azal, doston).

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- ariza-anketa;

- shahsini tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganligi haqida guvohnoma) nushasi;

- 3h4 o'lchamdagi 2 dona hamda 10h15 o'lchamda ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi 2 dona fotosurat;

- “A”, “V”, “S” guruhlari ishtirokchilari ijro etiladigan dastur matni, notasi hamda ijro vaqtini;

- “E”, “F” guruhlari ishtirokchilari esa ijodiy ish namunalarini taqdim etadilar;

- ta`lim olayotgan muassasasidan tavsiyanoma;

- ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchi shahslar)ning tanlov Nizomi, shartlari bilan to'la tanishgan va uni qabul qilgan holda bolaga ko'rik-tanlovda ishtirok etishiga ruhsat berilishi so'ralgan arizasi.

Arizalar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuman hamda shahar bo'limlarida qabul qilinadi. Ishtirokchilarning mahoratini el orasida tanilgan, tajribali va yuqori malakali mutahassislar, davlat mukofotlari va boshqa unvonlarga sazovor bo'lgan san`atkorlar, rassom hamda hunarmandlar, horeograflar, shoir va yozuvchilardan iborat nufuzli hakamlar hay`ati baholab boradi. Tanlovning barcha bosqichlari keng jamoatchilik uchun ochiq bo'lib, saralash jarayonlarining borishi, yo'nalishlar bo'yicha ishtirokchilarning ijodiy chiqishlari tomoshabin va tinglovchilar tomonidan kuzatib borilishi mumkin.

Tanlovning har bir bosqichida yo'nalishlar bo'yicha eng yahshi natijalarga erishgan ishtirokchilar sertifikatlar, diplomlar va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantiriladi.

“Kamalak yulduzlari” tanlovi g'oliblarining ijodiy faoliyati doimiy qo'llab-quvvatlanadi va rivojlantirib boriladi, shuningdek, eng yahshi ijodiy ishlar namunalari ko'rgazmalari tashkil etiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн