Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oxunjon Madaliyev: sirli o‘limmi yoki tasodif?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 512           Дата: 6-09-2016, 13:20          
Oxunjon Madaliyev: sirli o‘limmi yoki tasodif?

Xalqimiz ardoqlab, qo‘shiqlarini yod olgan, shirali ovozi bilan dillarga o‘zgacha harorat baxsh etgan xonanda Oxunjon Madaliyevning vafotiga mana roppa-rosa 15 yil bo‘lgan bo‘lsada, uning ayanchli qismati va sirli o‘limi haqida hanuz turli gap-so‘zlar yuribdi. Kimdir u deydi, kimdir bu… Xullas, birortasida asosli bir dalil yo‘q. Hech biri iste’dodli hofizning o‘limiga guvoh bo‘lmagan, ammo kimdandir eshitganiga qo‘shib, “durust”gina hikoya qilib berishga usta. Bugun yana o‘tmishga qaytib, xuddi shu mavzuga nuqta qo‘yish maqsadida, kichik tahlil olib borishga harakat qilamiz. Qisqasi bunga aniqlik kiritamiz.
Oxunjon Madaliyev: sirli o‘limmi yoki tasodif?

2000 yil yoz oylarining iliq kunlari… Farg‘onadagi ob-havo injiqliklari hech kimni ayamas edi. O‘sha damlarda Oxunjon Madaliyev ham, to‘y xizmatlari ham ijod qilish bilan tinmasdi. O‘sha yilning 27 iyun kuni uni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan katta tadbirga taklif qilishdi. Hamisha shirin suhbatlari bilan jurnalistlar hurmat va e’tiborini qozongan Oxunjon matbuot xodimlari bayramida ham ularni sohirnafas ovozi va dilkash qo‘shiqlari bilan xushnud etishga yetib keldi.

Biroq, zarur ishi borligi uchunmi ikkitagina qo‘shiq kuylab, yana ortiga qaytdi. Hamma bu noodatiy holatdan ajablanib qoldi. Axir u hamisha muxlislarini ko‘nglini ko‘tarishga intilar edi-ku? Bu orada esa televediniyega o‘tib “Assalom O‘zbeksiton” ko‘rsatuvi uchun ham qo‘shiq taqdim etib qaytishni joiz topdi. Chunki ancha vaqtdan buyon ayni shu dasturga taklif etishar edi. Toshkentga kelganida unda ham ishtirok etmay, keyingi kunlarga qoldirgisi kelmadi. Oradan ikki kun o‘tgach esa yana to‘yga chaqirishgan. Albatta, so‘z bergani uchun ham borishi lozim! Lekin o‘sha kun ya’ni 29 iyun kechki payt yaqinlashavergach, uning yuragi bezovtalana boshladi. Go‘yo qandaydir kuch uning yo‘lga otlanishiga to‘sqinlik qilishga urinardi. O‘zining ham hech o‘sha to‘yga borgisi kelmasdi…
Oxunjon Madaliyev: sirli o‘limmi yoki tasodif?

OYoG‘I TORTMAGAN MANZIL SO‘NGGISI BO‘LDI

Biroq Oxunjon hech qachon birovga so‘z berib, keyin qandaydir bahona bilan undan uzr so‘rab, tang ahvolda qoldirishni juda-juda yoqtirmas edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham so‘zining ustidan chiqardi. Bu gal ham unga amal qilib, to‘yga bordi. Hammaning yuz-ko‘zida quvonch balqidi, axir sevimli xonanda ularga xonish qilish uchun atayin uzoq yo‘l bosib keldi. Tumonat odam yig‘ilgan. O‘zi Oxunjon qay bir to‘yga bormasin, uning kelishini eshitgan butun qishloq ahli yig‘ilar edi.

Oxunjon odatdagidey to‘y boshidan davrani qizitib qo‘shiqlarini kuylay ketdi. Soat tungi o‘n birlar atrofi, hofiz qo‘shiqni berilib aytayotgan kezda birdan yuragini changallab, yiqilib qoldi. Hamma, sukut saqlab muz bo‘lib qotib qoldi. Nima bo‘layotganiga hech kim tushunmas edi. Cholg‘uchilardan biri darhol yugurib keldi-da, yuziga suv sepdi, “Tez yordam” chaqirishlarini aytib qichqirdi. Atrofdagilar bundan karaxt bo‘lib qolishgandi.

Ertasi kuni bu shumxabar butun respublikaga tarqalib ketdi. “Oxunjon Madaliyev kechagi to‘yda xizmat qilayotib, yuragi to‘xtab qolib vafot etibdi…”
Oxunjon Madaliyev: sirli o‘limmi yoki tasodif?

HOFIZ O‘LIMIDA QANDAY SIR BOR?

Ana shundan so‘ng Oxunjon o‘limi to‘g‘risida turli xil gap-so‘zlar tarqala boshlandi. Ular to‘yxonada hofizga suiqasd uyishtirlgan degan xulosaga keladilar. Bu keng omma orasida tarqalgach deyarli hamma bunga ishonib qoladi. U kim tomonidan amalga oshirlgani ham kelingan xulosaga qarab taxmin qilina boshlanadi. Lekin hech kim aniq bir gapni ayta olmas edi. Chunki bo‘lib o‘tgan voqeani kimdandir faqatgina eshitishgan. Hammaning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solib qo‘ygan bu mish-mishlar jasadni yorib ko‘rish va tekshirishga da’vat etdi.

Ammo, mayitning tanasidan hech qanday shubhali narsa topilmadi. Shifokorlar esa birgina xulosaga kelishdi (buni maqola so‘ngida bilib olasiz). Shunda ham hofizning muxlislari tinchishmadi. Ular qandaydir sir borligiga yurak-yurakdan ishonishar edi.

TELEFONDAGI SUHBAT BARIGA OYDINLIK KIRITDI

Hofizning ukalari Sherali akaga sim qoqdik.

– Alo-oo…

– Assalom-u, alayko‘m Sherali aka, yaxshimisiz? Uzr sizni bezovta qildik.

– Rahmat… sizni tanimay turibman…

(O‘zimizni tanishtirib, so‘ng maqsadga ko‘chdik.)

– Siz bolaligingizdan Oxunjon aka bilan birga o‘sib ulg‘aygansiz. U kishi haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz kerak?


– Ha, to‘g‘ri aytasiz. Men hamisha akam bilan birga yurib, yoshligimdan u kishiga hamrohlik qilardim. Hatto, el tanib katta to‘y va tadbirlarda ham iloji boricha birga borishga harkat qilganman. Deyarli har doim birga yurganimiz uchun dilidagi gaplarni menga tortinmasdan aytar edi. Ko‘ngli biroz bezovta bo‘lsa, darrov surishtirib ketar edim.

– Oxunjon aka garchand hech qanday kasallikka chalinmagan bo‘lsalar-da, birdan vafot etishlari hanuzgacha hammani taajjubga solmoqda.

– Aslida, uni biz ya’ni muxlislar o‘ldirdik.

– Ochiqroq gapirsangiz?

– Agar xabardor bo‘lsangiz, mamlakatimiz mustaqillikka erishmaganidan oldin, adashmasam 1987 yillar… o‘shanda turli janjallar, tortishuvlar bo‘lgan edi. O‘sha yillari san’atkorlar juda sanoqli edi. Bugun-chi… Bizni to‘yga chaqirishganida, agar u-bu narsa bo‘lib, bora olmaydigan bo‘lib qolsak kelib shunaqa “qistashar” ediki, oxiri borishga to‘g‘ri kelar edi. O‘shanda Oxunjonning ahvoliga ham e’tibor berishmagan. U charchaganmi yoki biroz betobmi buning to‘y egasiga qizig‘i yo‘q edi. “Men to‘yga niyat qilganman bormasalar sharmanda bo‘laman. ” deb turib olar edi. Keyin Oxunjon ham bir so‘zli yigit edi. Hech kimni ra’yini qaytarmas edi.

Kechayu kunduz to‘yda xizmat qilishi, olis yo‘llarda yurishi, turli tashvishlar uni ich-ichidan siqib yurgan. Buni men sezardim, biroq u sog‘lig‘i haqida ochiq gapirmas edi. Aynan mana shu tashvishli kunlar uni charchatib qo‘ydi. 2000 yilning 29 iyuni… O‘sha ma’shum kunda birdan infarktga uchrashi ilk bor yuz bermagan…(biroz sukut saqlab). Bundan oldin ham u xuddi shunday voqeani boshidan o‘tkazgan biroq, buni hammadan sir tutgan.

– O‘shanda siz ham payqamaganmidingiz?

– Yo‘q, men sezgandim, faqat biroz vaqtdan so‘ng. Oradan ancha vaqt o‘tdi “hammasiga iziga tushdi-ku”, deb, shifokorga uchrab davolanmadi ham. Uni muxlislari hamisha sahnada sog‘inishar, faqat undan yangi qo‘shiq, yangi konsertni intizorlik bilan kutishar edi. Oxunjon esa ijodga butun borlig‘ini berib, o‘z sog‘lig‘iga e’tibor bermay yurdi. Oqibatda… ( suhbatdoshimizning ovozlari o‘zgarib, jim bo‘lib qoldilar, darhol gapni boshqa mavzuga burishga harakat qildik. )

– Akangizning qay jihatlarini qadrlaysiz?

–Uning samimiy va kamtarinligini qadrlayman. Ilohim, Yaratgan uning umrini farzandlariga ulashgan bo‘lsin. Har yili 21 may kuni Oxunjoning o‘zi qurdirgan dam olish maskanida konsert dasturini tashkil etamiz. Biz tadbirga e’lon berib, muxlislarni chaqirmaymiz, balki ularning o‘zlari kelishadi.Turli viloyatlardan tumonat odam yig‘ilganini ko‘rib, akam hali o‘lmagan u hali tirik qo‘shiqlarining har aytgan so‘zlaridagi nafasida yashayotganligini his qilaman.

– Rahmat, Suhbatingiz uchun tashakkur. Xayr salomat bo‘ling!

Darvoqe, o‘shanda hofiz jasadini yorib ko‘rgan mutaxassislar ham Sherali aka aytgan xulosaga kelishgan edi.

Insoniyat va tabiat vujudga kelibdiki, yaralish va kun kelib so‘nish degan tushunchalar mavjud. Demakki, har kimning taqdiri turlicha… Bir zamonlar qisqa umri davomida ming yillik tarixga iz qoldirgan bobolarimiz singari, Oxunjon Madaliyev ham o‘zining o‘chmas nomini muxrlab ketdi.


Manba: diydoraziz.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031