Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jastin Biber birvarakayiga 8 marta Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 192           Дата: 5-09-2016, 01:00          
Jastin Biber birvarakayiga 8 marta Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi

Dunyo bo‘ylab xonanda Jastin Biberning muxlislari juda ham ko‘p. Uning konsert dasturlarida shinavandalar qo‘shiqlarning har bir so‘zini birgalikda ijro etishadi. Albatta, Jastin bu bilan faxrlanadi. Endilikda xonanda yana boshqa yutuqlari bilan ham faxrlanishi mumkin. Gap shundaki, kecha, 31 avgust kuni xonanda birvarakayiga 8 marotaba Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Starslife.ru” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

U o‘rnatgan rekordlar qisqacha quyidagicha:

Jastin Biberning “What Do You Mean?” kompozitsiyasi Spotify (musiqalarni tinglash ijtimoiy tarmog‘i) orqali bir haftada 30 723 708 marta tinglangan.

“Purpose” musiqiy albomini esa bir hafta ichida 205 million muxlis tinglagan.

Biberning uchta kompozitsiyasi 2015 yilning dekabr oyida, bir vaqtning o‘zida Billboard Hot 100 chartida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan. Ular “Yourself” – 1, “Sorry” – 2 va “What Do You Mean?” - 3.

Xonandaning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga 82 235 563 kishi a’zo bo‘lgan.

Biberning YouTube kanalidagi sahifasiga esa 20 711 202 kishi a’zo bo‘lgan va uning kanali eng ommabop kanal deb topilgan.

Jastin ishtirokidagi videolavhalar, uning kliplarini YouTube kanalidan 10 478 651 389 kishi tomosha qilgan.

Jastin Biberga uning rekordlari yuzasidan mukofot va sertifikat topshirilgan. E’tiboringizga havola etilgan ushbu suratni xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirishga ham ulgurgan.
Jastin Biber birvarakayiga 8 marta Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi



Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн