Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ulug‘bek Rahmatullayev: “Xushxabarni birinchi bo‘lib ota-onamga yetkazdim”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 230           Дата: 27-08-2016, 13:36          
Ulug‘bek Rahmatullayev: “Xushxabarni birinchi bo‘lib ota-onamga yetkazdim”

24 avgust kuni Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlandi. Quvonchi ichiga sig‘magan Rahmatullayev uni qo‘llab-quvvatlagan muxlislariga minnatdorchilik bildirib, quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” nashri.

“Bugun o‘zgacha kun bo‘ldi. Yaxshi niyatlar, albatta, ijobat bo‘ladi. Kichik mehnatimizni shunday katta unvon bilan taqdirlashganidan boshim osmonga yetdi. Quvonchim cheksiz. Birinchi bo‘lib otam va onamga aytdim, ular ham juda quvonishdi. Shunday tinch va farovon yurtda yashayotganimiz, xotirjam ijod qilayotganimiz hamda ijod mahsullarimizni xalqimizga taqdim etayotganimiz uchun Yaratganga behisob shukr! Bu unvon yanada mas’uliyat yuklaydi, albatta. Yanada ijod qilishga undaydi. Yana bir bor hammaga tilaklar uchun katta rahmat Mana shu yurtda tug‘ilib, shu yurtga xizmat qilayotganimdan xursandman”.

Prezident farmoniga binoan, Ulug‘bek Rahmatullayevdan tashqari O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari Erkin Komilov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, Gavhar Zokirova va Zuhra Ashurova O‘zbekiston xalq artisti unvoni, xonanda Milena Madmusayeva O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni, xonandalar Akbar Otamuhammedov, Manzura Yo‘ldosheva, Mashhurbek Raimjonov, aktrisa Nargiza Abdullayeva, aktyor Rasulxon Qodirxonov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн