Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 531           Дата: 26-08-2016, 16:40          

O'zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishdi

Ma`lumki kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz Prezidenti fan, ta`lim, sog'liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat, ommaviy ahborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar hodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida farmon imzoladi. Ularning orasida halqimizning sevimli aktyorlari ham borligi ko'pchilikni quvontirdi.

O'zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Erkin Komilov “Fidokorona hizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Erkin Komilov 1946 yilning 20 iyunida tavallud topgan. O'zbek Milliy akademik drama teatrida hamda ko'plab fil'mlarda takrorlanmas obrazlarni yaratib, halqimizning ko'nglidan joy olgan eng sevimli aktyorlaridan biri. "Suyunchi", "Shaytanat", "Ulfatlar", "Jiyda guli", "O'gay ona", "Gumrohlar" kabi fil'mlarda o'z rolini maromiga Yetkazib ijro etgan aktyor teatr sahnasida bundan-da ko'p rollari bilan o'z muhlislarini quvontirib keladi.

O'zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Ashurova Zuhra Jo'raYevna “O'zbekiston Respublikasi halq artisti” fahriy unvoniga munosib, deb topildi.

Zuhra Ashurova 1961 yilda dunyoga kelgan. O'zbek Milliy teatrining Yetakchi aktrisalaridan biri. Ko'plab spektakllar va fil'mlarda rol' o'ynab, o'zining muloyim tabassumi bilan tomoshabin ko'nglidan joy olgan. Aktrisa ishtirokidagi "Ko'ngil ko'chalari" teleseriali, "Shaytanat", "Osmondagi bolalar", "Hijron", "Jodugar" va "Jigarbandim" kabi fil'mlarini muhlislar hali-hanuz sevib tomosha qilishadi.

O'zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Zokirova Gavhar Akmalovna “O'zbekiston Respublikasi halq artisti” fahriy unvoni berildi.

Gavhar Zokirova 1949 yilning 10 sentyabrida tavallud topgan. U bir qator fil'mlar bilan birga teatr sahanalrida ham betakror obrazlar yaratgan. "To'ylar muborak", "Tangalik bolalar", "Sevinch" fil'mlaridagi ijrosi tomoshabinlar hotirasida bir umrga muhrlanib qoladi. Aktrisa so'nggi yillarda yaratilgan "Mehmonhona" serialidagi qahramoni rolini maromiga Yetkazib ijro etgan. Bundan tashqari Gavhar Zokirova turli tadbirlarda va ko'rsatuvlarda faol ishtirok etib keladi.

Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri bosh baletmeysteri Sharipov Abibulla Nagmetovich ham “O'zbekiston Respublikasi halq artisti” unvoniga sazovor bo'lgan.

Fursatdan foydalanib, o'zbek halqining yuksak iste`dod egalarini ushbu yuksak mukofotlar bilan qutlab, barcha ezgu tilaklarni bildirib qolamiz.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031