Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Eddi Myorfi to‘qqizinchi farzandiga moddiy yordam berishdan bosh tortdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 271           Дата: 20-08-2016, 16:00          
Eddi Myorfi to‘qqizinchi farzandiga moddiy yordam berishdan bosh tortdi

Joriy yilning 4 may kuni Gollivudning eng ko‘zga ko‘ringan ayotarlaridan biri bo‘lmish aktyor, Eddi Myorfi to‘qqizinchi bor ota bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘shanda Izzi deb ism qo‘yilgan qizaloqni Eddining do‘sti Peyj Butcher dunyoga keltirgandi. Biroq oradan 3 oy o‘tganiga qaramay, Peyj Izziga kerakli barcha narsani o‘zi sotib olishga, boshqacha qilib aytganda uni yolg‘iz ta’minlashga harakat qilmoqda. Bu haqda “Starslife.ru” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” yozmoqda.

Qizaloqning tarbiyasida, moddiy ehtiyojlarida uning otasi Eddi Myorfi hech qanday o‘rin tutmayapti. Aktyordan bu haqda so‘ralganida, u quyidagicha javob bergan:

“Peyj ajoyib ayol va ona. Ishonchim komilki, u mensiz ham hamma narsani o‘zi eplay oladi. Men taglik almashtirmayman, bu qo‘limdan kelmasa ham kerak. Shunday ekan, bolani qiynashdan nima naf?”

Eddidan bunday javobni eshitgach, Gollivud ijodkorlari va aktyorning muxlislari orasida kichik ko‘rinishdagi g‘alayon ko‘tarilmoqda. Ular orasida “Farzandlarini boqolmas ekan, to‘qqizta bolani dunyoga keltirib nima qilardi?”, degan savolni berayotganlar bor.

Aytish lozimki, aktyorning Izzidan tashqari yana sakkizta farzandi bor. Ularni jami beshta ayol dunyoga keltirgan.

55 yoshli Gollivud aktyorining birinchi rafiqasi Nikol Mitchell bilan beshta farzandi bor. Bundan tashqari, sermuhabbat aktyorning yana ikki sevgilisi Polett Makknili va Tamara Guddan bittadan o‘g‘li, qo‘shiqchi Melani Braundan qizi bor. Eddining to‘ng‘ich farzandi hozir 26 yoshda. Agar kechagina dunyoga kelgan Izzini hisobga olmaganda, eng kichik farzandi 9 yoshda.

Eddi Myorfi o‘zining g‘aroyib komik obrazlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy egallagan. U ishtirok etgan “Beverli-Xillzlik politsiyachi”, “Doktor Dulittl”, “Ahmoq professor”, “Oltin bola”, “O‘rin almashamiz” filmlar tomoshabinlar orasida juda mashhur. Qolaversa, u bolalarning sevimli multfilmlaridan biri “Shrek”dagi eshakka ovoz bergan.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн