Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Farg'onada o'quvchi-yoshlar o'rtasida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 377           Дата: 18-08-2016, 10:16          

Farg'ona shahrida viloyat hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Ma`naviyat targ'ibot markazi viloyat bo'limi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlangan “Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido O'zbekistonim!” shiori ostidagi ijodiy ishlar tanlovi bo'lib o'tmoqda.

Eng ulug', eng aziz bayram-vatanimiz mustaqilligining 25 yillik ayyomini munosib kutib olish maqsadida viloyatda ko'plab ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Har kuni oqshom Farg'ona shahridagi Teatr-kontsert saroyida “Mustaqillik shukronasi” tadbirlari farg'onaliklar va mehmonlarga bayram kayfiyatini ulashmoqda. Bunday oqshomlar boshqa va shahar va tumanlarda ham tashkil etilmoqda.

Yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan mazkur tanlov ham ana shu ishlar sirasidan. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi Ahadjon Akbarovning ta`kidlashicha, o'sib kelayotgan yosh avlod vakillari o'rtasida mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlarini targ'ib qilish maqsadida tashkil qilingan mazkur tanlovda 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan yosh iqtidor egalari tasviriy san`at va she`riyat ishtirok etmoqda.

Farg'ona shahridagi “Bolajon” kafesi har kuni yoshlar bilan gavjum. Bu Yerda ijodiy ishlar qabul qilinmoqda. Bugungi kunga qadar yoshlar orasidan mustaqilligimizni qadrlash, asrab avaylash va uni mustahkamlashga oid 200ga yaqin ijodiy ishlar qabul qilindi.

Tanlov g'oliblarini aniqlash uchun mahsus komissiya tashkil qilingan bo'lib, ularni baholashda tanlov Nizomiga qa'tiy rioya qilinmoqda.

Farg'ona shahrida yashovchi Ziyodahon ValiYeva qizi Sharofathon Tohirovani tanlov shtabiga olib keldi. 4-umumta`lim maktabining 3-sinfida o'qiyotgan Sharofathon rasm chizishga qiziqadi. Tanlov uchun o'zining “Mustaqillik” deb nomlangan ijodiy ishini taqdim qilar ekan, g'olib bo'lishiga ishonchi baland.

Husanboy Vahobova ham tanlov ishtirokchilaridan biri. U she`riyatga qiziqadi. 5-sinf bo'lishiga qaramasdan ko'plab she`rlar muallifiga aylangan yosh iqtidor egasi so'zlardan mohirona foydalana oladi.

Farg'onada o'quvchi-yoshlar o'rtasida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazilmoqda

Farg'onada o'quvchi-yoshlar o'rtasida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazilmoqda

Farg'onada o'quvchi-yoshlar o'rtasida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazilmoqda

Tanlov 25 avgustga qadar davom etadi.

Ma`sudjon Sulaymonov.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн