Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Aktyor Jonni Deppning rafiqasi uning ustidan sudga bergan da`vo arizasini qaytarib oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 172           Дата: 16-08-2016, 23:56          
Aktyor Jonni Deppning rafiqasi uning ustidan sudga bergan da`vo arizasini qaytarib oldi

Aktyor Jonni Deppning rafiqasi aktrisa Ember Herd turmush o'rtog'ini uni kaltaklashda ayblab sudga bergan da`vo arizasini qaytib oldi.

People jurnalining elektron versiyasida aytilishicha, juftlik o'zaro e`tirozlarini sudgacha tartibda hal qilishdi.
Jurnal ma`lumotlariga ko'ra, Herd vaqtinchalik qo'riqlash orderi taqdim qilish haqidagi iltimosnomasini qaytib olgan. Avvalroq sud Deppga rafiqasiga 100 yardga (91 metr) yaqinroq kelishni taqiqlab qo'ygandi. Ma`lum qilinishicha, aktyor va aktrisa ajrashishlari bo'yicha ishni ham tinchlik bilan hal qilishgan. Nashr ma`lumotlariga ko'ra, Depp rafiqasiga 7 mln dollar berishga rozi bo'lgan.

"Bizni doimo ehtirosli, ba`zida o'zgaruvchan, biroq muhabbatga yo'g'rilgan munosabatlar birlashtirib turgan. Bizlar hech qachon bir-birimizni moliyaviy foyda uchun ayblamaganmiz hamda ataylab jismoniy yoki hissiy og'riq Yetkazishni istamaganmiz", deb juftlikning bayonotini keltirib o'tdi jurnal.

Bayonotda, shuningdek, Herd Deppdan olingan pullarni hayriya ishlariga sarflashi aytilgan.
May oyida Herd qasamyod ostida Depp unga mobil' telefon uloqtirgani va yuziga tarsaki tushirganini aytgan. Aktrisa sudga yuzidagi tirnalish va mamataloq izlari bo'lgan suratni taqdim qilgan. Ushbu ish bo'yicha sud jarayoni 17 avgustda boshlanishi kerak edi.
52 yoshli Depp va 30 yoshli Herd 2015 yil fevralda nikoh qurishgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн