Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sevinch Mo‘minova qizini otasiga ko‘rsatmayotgani sabablarini oshkor qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 770           Дата: 15-08-2016, 22:01          
Sevinch Mo‘minova qizini otasiga ko‘rsatmayotgani sabablarini oshkor qildi

Avvalroq, xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning oilasiga darz ketgani, ular birga yashamayotgani, biroq qonunan ajrashmaganlari haqida xabar bergan edik. Xonanda Sevinch Mo‘minova onasini haqorat qilgani uchun turmush o‘rtog‘i Sharof Muqimovdan qattiq ranjiganini, shunda ham oilani saqlab qolishga harakat qilayotganini aytgan edi. “Qalampir.uz” sayti yozishicha, "Intervyu ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilganidan so‘ng, Sharof va Sevinchning muxlislaridan ko‘plab izohlar yozishgan. Kimdir oilaviy masalaga hech kimning aralashishga haqqi yo‘qligini aytgan bo‘lsa, yana kimdir Sharof yo Sevinchning tarafini olib chiqgan. Ko‘pchilik xonanda Sevinch Mo‘minovani farzandini Sharofga ko‘rsatmayotganida ayblab, izoh yozib qoldirgan" O‘z navbatida Sevinch ham bu murojaatlarga javob yo‘lladi.

“Ayol kishi nima uchun turmushga chiqadi? Buning sabablari juda ko‘p, bu sabablardan bittasini aytaman: Meni himoya qiladigan, nomusimni avaylab-asraydigan insonim bo‘lsin deb.

Bu bizning shaxsiy ishimiz. Bu insonning men bilan qanday gaplashishini, oramizdagi muammolarni ochiq gapirish niyatim yo‘q. Qizimni ko‘rsatmay qo‘yganimning esa juda KATTA sabablari bor. Men uchun qizimning sog‘ligi birinchi o‘rinda turadi. Ichikishdan qizim kasal bo‘lib qolishini xohlamayman. Bizga 3-4 oyda, 1 yilda bir qizini 5 daqiqaga ko‘rib ketadigan bag‘ritosh ota kerak emas. Uning bu qilig‘idan butun jabr qizimga bo‘lyapti.

Menga hech kim achinmasin va men achinadigan ahvolda ham emasman. Yaratganga shukr, men juda baxtliman, butun azoblar ortda qoldi. Menga emas, baxtini yo‘qotganlarga achininglar”, deb yozadi Sevinch Mo‘minova.

Hozircha oila boshlig‘i Sharof Muqimov Sevinchning iddaolariga nisbatan e’tiroz bildirganicha yo‘q. Biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Sevinchning onasini omma oldida haqorat qilgani uchun Sharof Muqimovni ayblab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010 yilning 4 avgustida turmush qurishgan.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн