Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Aladdin” studiyasining yubiley kontserti: ko'rishga arzigulik shou!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 255           Дата: 11-08-2016, 22:06          

Zamonaviy estradamizni afsonaviy “Aladdin” studiyasi, uning bitiruvchilari va tarbiyalanuvchilarisiz tasavvur qilish qiyin. O'tgan yillar davomida 50 nafardan ortiq ishtirokchilar turli Halqaro va Respublika ko'rik-tanlovlarida g'oliblikni qo'lga kiritishgan, olti nafar bitiruvchimiz bolalar estrada jamoalariga rahbarlik qilishmoqda. “Aladdin” ikki myuzikl – “Orzular oroli” va “Uyda yolg'izlar”ni sahanalashtirdi. Shuningdek studiya shahar va respublika miqyosidagi turli bayram tantanalarida muntazam ravishda ishtirok etib keladi.

“Aladdin” studiyasining yubiley kontserti: ko'rishga arzigulik shou!

Bugungi kunda “Aladdin”da turli yoshdagi to'qqiz guruh faoliyat olib boradi, ularda Toshkent shahrining 6 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan 100dan ortiq maktab o'quvchilari shug'ullanishadi.
Kuz mavsumining ilk shanbasida Toshkentda O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi va afsonaviy studiya yubileyiga bag'ishlangan “Olovuddin va uning do'stlari” nomli kontsert dasturi bo'lib o'tadi. Tadbir chin ma`noda milliy tus oladi: kontsertda tahminan ikki ming kishi bo'lishi rejalashtirilmoqda. Shou Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyining Katta kontsertlar zalida bo'lib o'tadi.

Studiyaning yosh yulduzchalari sahnada yorqin liboslarda raqsbop musiqa sadolari ostida o'z mahoratlarini namoyon qilishadi. Ularning beg'uborligi va jozibasi mehmonlar kayfiyatini ko'tarishi shubhasiz.

Saroy sahnasida yosh iste`dod egalari bilan bir qatorda taniqli yulduzlar ham ishtirok etishadi. Kontsert tashkilotchilari kontsertda ishtirok etuvchi taniqli shahslarga doir sirlarni ohirgacha oshkor qilishmadi. Hozirgacha bilganlarimiz – Mansur Toshmatov, Saida, Samandar, shuningdek KVN va Comedy.uz rezidentlari.

3 sentyabrda Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida bir olam qo'shiq va raqsbop ohanglar yangraydi, ijodiy fantaziyalar, betashvish o'yin-kulgi va bolalarcha beg'uborlikni o'zida jamlagan ajoyib bayram shukuhi hukm suradi.

Kontsert barcha yoshdagi kishilar uchun to'g'ri keladi! Shu bois bu dam olish oqshomini do'stlar va oila davrasida o'tkazish uchun ajoyib imkon, bolalar uchun esa o'quv yili boshidagi takrorlanmas bayram tantanasi bo'lib qoladi!

Chiptalar narhi 15 000 so'mdan 45 000 so'mgacha.

Kontsert rus va o'zbek tillarida o'tkaziladi. Chiptalarni tashkilotchi saytida www.handsup.uz , shuningdek Saroy kassalarida qo'lga kiritish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: +99890 994 08 10, +99890 995 08 10

Tadbir hamkorlari: Dekos.uz,Istemolchi - Potrebitel', Be the Change Group, MICE Group, Unique Present Media Holding, «Bitva korporatsiy», vPodarok.uz.

Ahborot hamkorlarimiz: ORIAT FM, Anons.uz, Myday.uz, Nuz.uz, Redpen.uz, Uzdaily.uz.

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн