Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ismat Bekmuradov:  “Yaqin yillarda balki, hitoy tili dunyo tiliga aylanar!..”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 324           Дата: 11-08-2016, 12:08          
Ismat Bekmuradov:  “Yaqin yillarda balki, hitoy tili dunyo tiliga aylanar!..”

Bugungi kunda ko'pchilik, hitoy tilini o'rganish murakkabligini ta`kidlaydi. Ammo statistik ma`lumotlarga ko'ra, dunyo aholisining har besh nafaridan biri hitoy tilini o'rganishni istamoqda. Shu sababli, biz Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Jahon siyosati, tarih va falsafa fakul'teti dekani, siyosatshunoslik fanlari doktori, hitoyshunos olim Ismat Bekmuradov bilan suhbatlashdik.

- Assalomu alaykum Ismat aka, avvalo, sizni Kun.uz ijodiy jamoasi nomidan yurtimiz mustaqilligining 25 yilligi bilan tabriklayman! Suhbatimizni siz faoliyat ko'rsatayotgan oliygohda Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari haqida boshlasak?

- Qutlov uchun tashakkur. Kirib kelayotgan ulug' ayyom barchaga muborak bo'lsin. Ayni kunlarda institutimizda 25 yillik shodiyonaga qizg'in tayyorgarlik ketmoqda. Birinchi navbatda, o'quv yili oldidan obodonlashtirish, binolarni qayta ta`mirlash ishlari. Qolaversa, yangi o'quv dastur rejalari ustida ish olib boryapmiz. Sentyabr' oyida taniqli professorlar, olimlar, hozirgi kunda respublikamizda hizmat o'tayotgan davlatlar elchilari bilan uchrashuvlar tashkillashtirishni maqsad qilganmiz. Yana bir quvonarli jihat, bu yilgi bayram jamoamiz uchun qo'shaloq, boisi ta`lim muassasamiz ham 25 yoshga to'ladi. Tantanalarni nishonlash uchun ma`suliyat har qachongidan ko'ra ortiq.

- E`tirof etish joiz, Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Sharqshunos tarjimonlarga esa, davr talabi sifatida alohida e`tibor qaratilmoqda?

- Darhaqiqat, malakali sharqshunos tarjimonlarga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, bugungi kunda O'zbekistonning asosiy hamkorlari Osiyo davlatlari ekanligini inobatga oladigan bo'lsak, sharq mamlakatlarining tillari, adabiyoti, madaniyati va siyosatini chuqur biladigan kadrlar tayyorlash zimmamizdagi asosiy vazifalar sirasiga kiradi. Birgina, 2014 yilda, institutimizda Prezidentimiz qarorlari bilan “Hitoyshunoslik” fakul'teti tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu fakul'tetning moddiy bazasini yahshilash maqsadida, hukumat tomonidan samarali rejalar amalga oshirildi. Shuningdek, hozirda 50 dan ortiq sobiq talabamiz qator davlatlarda diplomatik vakil vazifalarida hizmat qilishmoqda. Yaqinda bo'lib o'tgan, Shanhay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ham o'qituvchilarimiz tarjimonlik vazifsini bajarishdi. Qolaversa, har yili 70 ga yaqin o'quvchimiz Osiyo davlatlarida badiiy tarjima, sinhron tarjima yo'nalishlarida ma`lum muddat ta`lim olib qaytishmoqda.

Ismat Bekmuradov:  “Yaqin yillarda balki, hitoy tili dunyo tiliga aylanar!..”

- Mutahassis sifatida hitoy tilini o'rganishni niyat qilganlarga qanday tavsiyalar bera olasiz?

- BMTning bugungi kunda 5 ta ish tili mavjud. Hitoy tili ham ushbu 5 tilning biri hisoblanadi. Ko'pchilik hitoy tilini o'rganishga qiynalishlarini aytishadi. To'g'ri, mazkur til boshqa tillarga nisbatan iYegroflar soni ko'pligi bo'yicha birinchi o'rinda. Alohida talaffuzga egaligini ham ta`kidlash o'rinli. Lekin bu murakkab degani emas! Biror narsani o'rganish uchun, avvalo, odamda sabr-qanoat, qiziqish hissi yuqori bo'lishi darkor. Shundagina maqsadga erishiladi. Birgina, yaqin-yaqingacha Qamchiq dovonidan poYezd yo'li o'tishiga ishonilmagan. Mana, “o'zbek-hitoy jamoasi” buni uddalashdi. Yana bir gap, dunyoda ingliz tili bugun Yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rinni hitoy tili band etgan. Ayrim nashrlarning tahminlariga ko'ra, yaqin 50 yilda ingliz tili o'z o'rnini hitoy tiliga bo'shatib berishi ehtimoldan holi emas.

- Siyosatshunos fanlari doktori yosh siyosatshunoslar e`tiborini nimaga qaratadi?

- Tarihdan ma`lum ilk uyg'onish davrini, dastlab Sharq davlatlari boshlab bergan. Keyinchlalik Yevropada bu jarayon boshlanib, rivojlanishda peshqadamlik ular tomoniga o'tib ketdi. Osiyo hozirgi kunga kelib, rivojlanishda Yevropadan o'zib ketish arafasida. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, bo'lg'usi siyosatshunoslarimiz, Osiyo mamlakatlarining tarihini o'rganishlari, ayni vaqtdagi siyosiy faoliyatini chuqur idrok etishlari lozim. Davr bugungi diplomatik vakildan kamida uch tilni bilishni taqozo etmoqda. Birinchi galda ular O'zbekiston so'zining qudratini jahonga namoyon qilish. Mamlakatimizni ham madaniy, ham iqtisodiy qudratini yanada oshirishlari kerak, deb o'ylayman.

- Kelajakdagi rejalaringiz haqida to'htalsangiz?

- Bir necha yil oldin nufuzli Shanhay Hamkorlik Tashkilotining faoliyati bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan edim. Bahor oyida ikki oy Hitoyning nufuzli Pekin Chet tillar universitetida sinhron tarjima yo'nalishida malaka oshirib qaytdim. Yaqin kunlarda faoliyat jarayonim, shuningdek, mutahassisligimdan kelib chiqqan holda yangi kitoblar nashr ettirmoqchiman.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн