Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sardor Rahimxon bilan psixologik test o‘tkazdik. Natija esa…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 369           Дата: 10-08-2016, 11:33          
Sardor Rahimxon bilan psixologik test o‘tkazdik. Natija esa…

Uni tanqidni ko‘tara olmaydigan, jahli tez, o‘ziga bino qo‘ygan san’atkor deyishadi. Bu gaplarda qanchalik haqiqat bor? Uning hayot, do‘stlik, umr haqida kuylayotgan qo‘shiqlari o‘z ruhiyatiga qanchalar yaqin? Yoki tili boshqayu, dili boshqa deganlaridek, u uchun san’at boshqa, hayot boshqami? Umuman olganda, bugun sizga taqdim etayotgan loyihamiz nafaqat Sardor Rahimxon haqida ma’lumotlar beradi, balki xonandaning ichki dunyosini ham ochib berishga qaratiladi.

Shou-psixolog

1. Pulni qaysi cho‘ntakda saqlaysiz?

A) Hamyonda

B) Shimning orqa cho‘ntagida

S) Ichki cho‘ntakda

D) Bu narsaga e’tibor qilmayman

San’atkorning bu javobi uning ehtiyotkor va o‘z ishining ustasi ekanligiga ishoradir. Pulini ichki cho‘ntakda saqlaydigan kishilar odatda, qarz munosabatlarini unchalik ham xushlashmaydi. Ulardan yaxshigina tadbirkor chiqishi mumkin. Xonanda ham istasa yaxshigina pul jamg‘ara oladi.

2. Jahlingiz chiqqanda nima qilasiz?

A) Yolg‘iz qolishga harakat qilaman.

B) Sayr qilaman.

S) Muammoni kimgadir aytaman.

D) Do‘stlar bilan uchrashish.

San’atkorning javobi uning odamlarga unchalik ishonib ketavermasligiga ishoradir. U dardini dasturxon qiladiganlardan emas. Sir saqlashni afzal biladi. Shu bilan birga, muammolarini boshqalarga aslo yuklab qo‘ymaydi, o‘z tashvishlarini o‘zi hal qiladi.

3. Hammasi taqdirdan…

A) Ojizlarning o‘zini oqlashi.

B) Inson taqdirini o‘zi yaratadi.

S) Har kim peshonasida borini ko‘radi.

D) Boshga tushganni ko‘z ko‘radi.

Uni taslim qilish oson emas, xonanda o‘z yo‘lida qat’iy tura oladiganlardan. Olg‘a intilishni xush ko‘radi. U kishilarning boshiga tushgan ko‘ngilsizlik va omadsizliklar ularning dangasaligi va ishning ko‘zini bilmasligi oqibati, deya hisoblaydigan insonlar toifasidan.

4. “Hamma narsa yoki hech narsa”. Bunga munosabatingiz?

A) Ha, shunday.

B) O‘ylab ish ko‘rish kerak.

S) Nasibada borini yeymiz.

D) Yo‘q, bunday emas.

U tavakkal qilishdan cho‘chiydi, yetti o‘lchab, bir kesishni afzal biladi. Qaror qabul qilishga qiynaladi. Shoshilib fikr yuritishni eng katta xato deb biladi.

5. Har qanday sohada hamkorlikka shay odammisiz?

A) Ha, meni bu narsa ilhomlantiradi.

B) Har doim ham emas.

S) Yo‘q, menga xalal bermasliklarini ma’qul ko‘raman.

D) O‘zim uddalay oladigan bo‘lsam, hamkorlikni qabul qilmaslikni ma’qul ko‘raman.

Xonanda odamlar bilan munosabatga kirishishni yaxshi ko‘radi. Ammo ba’zi hollarda yolg‘iz ish boshlashni istamaydi. Manfaatli takliflardan osonlikcha voz kechmaydi. Odamlar bilan doimiy birga bo‘lish, fikr almashish unga zavq bag‘ishlaydi.

Farida Islomova va Zuhra Ro‘ziyeva tayyorladi

U haqida odamlar nima deydi?

Sanobar Aliyeva: Uning faqatgina “Tanhoginam” qo‘shig‘ini tinglayman, xolos.

Eldorbek Yunusov: U haqida tanqidni ko‘tara olmaydigan inson deb eshitganman.

Surayyo Odilova: Men uning ashaddiy muxlisiman. Ilk ijrosidan to shu kungacha bo‘lgan hamma qo‘shiqlarini sevib tinglayman.

Ma’mura Shokirova: Uning “Pari” va “Ishonmasman” qo‘shiqlari bo‘lmaganda, bu darajada mashhur bo‘la olmasdi.

Erkin Safoyev: Uning avvalgi qo‘shiqlari ko‘p bo‘lsa ham, hozir yaratayotgan taronalariga arzimaydi. Oxirgi qo‘shiqlarida qandaydir falsafa bor.

Asila Shuhratova: U ko‘rinishidan san’atkor emas, boshqa bir kasb egasi, xususan, yurist va diplomat kishini yodga soladi. Uning tashqi ko‘rinishidan mulohazakorlik sezilib turadi.

FARIDA tayyorladi
Manba: Diydoraziz.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031