Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sevinch Mo‘minova: “Sharof onamni haqorat qilib, dilimni og‘ritdi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 805           Дата: 6-08-2016, 01:26          
Sevinch Mo‘minova: “Sharof onamni haqorat qilib, dilimni og‘ritdi”

Biroz avval, xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning oilasiga darz ketgani, ikkisi ham oilaviy munosabatlarda muammolarga duch kelib, ijtimoiy tarmoqlar orqali bir-biriga atalgan nomalar yozib qoldirayotgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, masalaga oydinlik kiritish maqsadida xonanda Sharof Muqimov bilan bog‘lanishga harakat qildik. U ayni damda otasining tobi yo‘qligini, bu haqida gapirish ko‘ngliga siqmasligini aytdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.

Bu orada esa Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning muxlislari o‘rtasidagi muhokamalar janjallashishgacha yetib bordi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizga yetib kelgan suratlarga qaraganda, xonanda Sharof Muqimov Instagram’da Sevinchning onasi, ya’ni qaynonasining suratini ko‘rib, unga “Nimaga kerak bu ajdarhoning rasmi bu yerda?”, deb izoh qoldirgan. Bilishimizcha, oilaviy munosabatlarning keskinlashuviga Sharofning qaynonasini haqorat qilgani sabab bo‘lgan. “Qalampir.uz” muxbiri xonanda Sevinch Mo‘minova bilan bog‘landi.
Sevinch Mo‘minova: “Sharof onamni haqorat qilib, dilimni og‘ritdi”

— Shaxsiy hayotingiz haqida gapirishni istamaysiz, buni bilamiz. Shuning uchun savolni biroz boshqacha qo‘ymoqchimiz. Sharofning onangizni haqorat qilganiga qanday qaraysiz?
— To‘g‘risi bu mavzuda ko‘p gapirishni istamayapman. Sharofning onamning suratlari tagiga yozib qoldirgan izohini ko‘rib, dilim qattiq og‘ridi. Yuragimga nayza sanchilgandek bo‘ldi. Buni so‘z bilan tushuntirib berolmayman. O‘zimdan o‘tayotgani faqat o‘zimga ayon. Uning bu darajaga borishini kutmagan edim.

Tushunaman, ko‘p erkaklar qaynonasini yoqtirmaydi. Hatto, latifalarda ham qaynona-kuyov munosabatlari kulgiga olinadi. Lekin bu kuyovlar qaynonasini omma oldida haqorat qilishi mumkin degani emas.

— Sharof va Sevinch ajrashibdi, degan mish-mishlar turmush qurganingizdan keyin ikki oy o‘tar-o‘tmas chiqqan edi.
— Ha, bu gaplar necha yillardan buyon davom etib kelyapti. To‘g‘ri, hozir birga yashamayapmiz, lekin qonuniy ajrashganimiz yo‘q. Chunki men shuncha vaqtdan buyon oilamni saqlab qolish uchun juda ko‘p harakat qilib kelyapman. Shuning uchun bugun ajrashish masalasida gapirmoqchi emasman. Men aytmoqchi bo‘lgan gap boshqa: Yana takrorlayman, dilim juda qattiq og‘ridi. Onam “Qizim, qaynonangni mendan ham ko‘proq yaxshi ko‘r, har doim hurmatini joyiga qo‘y, hech qachon gap qaytarma”, deb aytib kelganlar. Yaratganga ming shukrki, men onamning nasihatlarini, o‘gitlarini yerda qoldirmadim. Shuning uchun ham vijdonim toza.

— Ommaning oldida bunday haqoratli so‘z aytish xunuk holat, albatta...
— Shuning uchun jahlim chiqyapti-da. Sharofning onamni haqorat qilishi men uchun yangilik emas. Erkaklar jahli chiqqanda, alamini onamizdan olishadi, buni tushunib kelganmiz. Sharof buni ommaga olib chiqqani uchun ham bu holatga chiday olmayapman.

— Ba’zi onalar qizining tarafini olib kuyovi bilan sen-menga boradi.
— Ba’zi onalar emas, juda ko‘p onalar qizining baxtsiz bo‘lganiga, qiynalayotganiga bardosh bera olmaydi. Gap bunda emas. Gap onamni omma oldida haqorat qilgani haqida ketyapti.

— Onangiz bundan xabar topdilarmi?
— Yo‘q, ulardan yashiryapman.

— Bundan oldin chop etilgan maqolaga Sharofning muxlislaridan biri e’tiroz bildirib, qaynonangiz vafot etgan vaqtda uning yonida bo‘lmaganingizni aytgan edi. Bu gaplarga munosabatingiz qanday?
— Yuqorida ham aytdim, onam menga doim qaynonaning hurmatini joyiga qo‘yishni uqtirganlar va men bunga amal qildim. O‘tmishga qaytib, o‘tgan gaplarni kavlashtirsangiz, ko‘p gaplar chiqib keladi. To‘g‘risi bu mavzuda gapirishni istamayman. Lekin odamlarning gaplaridan jahlim chiqdi.

— Sharofni kechirasizmi?
— (o‘ylanib) Bu savolga javob berolmayman. Men shu vaqtgacha oilamni saqlab qolish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qildim va qilyapman ham. Men oilam buzilib ketishini xohlamayman. Chunki onaman, qiz o‘stiryapman. Qolgani esa Sharofga, uning vijdoniga havola. Shuncha yil davomida qizim uchun oilamni saqlab qolishga sabr bilan harakat qildim...

Men so‘zim so‘nggida bir narsani aytishni xohlardim. Agar bizning baxtli hayotimizga boshqalar aralashmaganda, balki vaziyat bu darajaga yetib kelmagan bo‘larmidi...

Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010 yilning 4 avgustida turmush qurishgan.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн