Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbek shou-biznesining taniqli vakillaridan biri uylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 595           Дата: 30-07-2016, 11:34          
O‘zbek shou-biznesining taniqli vakillaridan biri uylandi

Kecha, 29 iyul kuni o‘zbek shou-biznesining favqulodda taniqli vakillaridan biri Alisher Rahmatullayev uylandi. 2009-2010 yillarda “Ledy”, “Chora-chora” va “Setora” guruhi bilan kuylagan “Begona” nomli qo‘shiqlari bilan tilga tushgan Rahmatullayev Zilola ismli qizga uylangan, deb yozmoqda "Qalampir" nashri. Aktrisalar Halima Ibragimova va Zuhra Soliyevaning bergan ma’lumotlariga qaraganda, to‘y Toshkentdagi “Charog‘on” restoranida bo‘lib o‘tgan. Shou-biznes olami vakillari bilan to‘lib-toshmagan to‘y oqshomiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova, xonanda Jasur Umirov tashrif buyurishgan.

Ijodni endigina boshlagan davrlarda xonanda Alisher Rahmatullayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning shogirdi sifatida tilga tushgan edi. Keyinchalik Sardor Rahimxon Alisher Rahmatullayevga chuv tushganini, falon million pulini olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini aytib iddao qilib chiqqandi. Bu voqealar 2010 yilning oxirlari 2011 yilning boshlarida OAVlarning asosiy mavzusiga aylangandi. O‘shanda sud Alisher Rahmatullayevni ozodlik mahrum etish bo‘yicha qaror chiqardi va Rahmatullayev hibsga olindi. Ko‘p o‘tmay xonanda yana ozodlikka chiqdi. Keyingi paytlarda ijod olamida umuman ko‘rinmay qolgan Rahmatullayev endilikda san’at olamidagi faoliyatini davomi ettiradimi yoki yo‘q, bunisi bizga qorong‘u.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan yangi oila vakillari Alisher va Zilolaga ulkan baxt va saodat tilab qolamiz.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн