Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

DJ Piligrim Ulug‘bek Rahmatullayev va Sardor Rahimxonni o‘g‘irlikda aybladi, so‘ng uzr so‘radi va “Darakchi”ni aybdor qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 434           Дата: 27-07-2016, 21:04          
DJ Piligrim Ulug‘bek Rahmatullayev va Sardor Rahimxonni o‘g‘irlikda aybladi, so‘ng uzr so‘radi va “Darakchi”ni aybdor qildi

Kecha, 26 iyul kuni xonanda DJ Piligrim’ning Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali O‘zbekistondagi taniqli gazetalardan biriga bildirgan e’tirozi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. Xonanda ijtimoiy tarmoqdan “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon va “Nihol” mukofoti sovrindori Ulug‘bek Rahmatullayev haqida aytgan gaplari uchun ikki xonandadan uzr so‘radi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

“Men Sardor va Ulug‘bekdan uzr so‘ramoqchiman. Kechiringlar meni. Men sizlarni xafa qilmoqchi yoki nimadadir ayblamoqchi emasdim. “Sariq matbuot” o‘z adadini oshirish va ko‘proq pul topish maqsadida turli xil makkorlikka bormoqda. Odatda jurnalistlar mendan intervyu olgach, uni menga tasdiqlatishadi, bu safar bunday bo‘lmadi. Aks holda men sizga qarata aytilgan yomon so‘zlarni olib tashlashlarini so‘ragan bo‘lar edim. Sizlarga bo‘lgan hurmatim belgisi sifatida qo‘shiq yozishni va uni sizlarga tuhfa etishni xohlayman. Ming bor uzr, ukajonlar.

Endi bir narsaga atroflicha to‘xtalsak, bizning estradamizda deyarli barcha odam boshqalarning ijodidan foydalanadi. Bir tomondan ularni ham tushunsa bo‘ladi. Chunki bizda yaxshi mualliflar yo‘q, borlari ham yaxshi qo‘shiq uchun qimmat narx so‘rashadi. Xonandalar esa yomon qo‘shiqni kuylashni ham xohlamaydilar. Shu sabab san’atkorlar ishini yo‘qotmaslik uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lmoqda. Endi mualliflar xususida: ularni ham tushunsa bo‘ladi. Agar ular xit qo‘shiq uchun ko‘ngildagidek pul olishmasa, bunday pulni boshqa payt ko‘rmasliklari mumkin. Chunki har doim ham yaxshi qo‘shiq yarata olishmaydi. Ular na CD, na rialbektonlar (gudok o‘rniga musiqa), na radio va na TVdan o‘z qo‘shiqlari uchun pul olishmaydi. Bu yerda pullar aylanib turaveradi, kadr ortida qo‘lida qog‘oz tutib turgan amakilar nimani xohlashsa, o‘shani qilishadi va bu pullarni hech kim bilan bo‘lishishmaydi ham (buni ham tushunsa bo‘ladi, ular ijara haqi to‘lashlari, xodimlarga maosh berishlari va soliq to‘lashlari kerak). Masalan men “Yulduz” qo‘shig‘i uchun ikki yil davomida sariq chaqa ham olmadim. Holbuki, qog‘ozda foydaning 50 foizi muallifga deb yozilgan. Bu qo‘shiq YouTube’da ikki million marta tomosha qilingan. Bizda mualliflik huquqini buzgani uchun ma’muriy jarimaga tortishadi, aslida buni davlat darajasiga ko‘tarib, jinoiy javobgarlikka tortish kerak. O‘g‘irladingmi, boshqalar mehnatini o‘zingniki qilib oldingmi, qamoq jazosini o‘ta. Agar davlatning o‘zi muallif va ijrochilarni himoya qilmasa, “sariq matbuot” san’atkorlarning birlashishi va do‘stlashishaga xalal beraveradi.

Ulug‘bek Rahmatullayev va Sardor Rahimxon, yana bir bor meni kechiringlar! Men hech kimni ayblashni yoki xafa qilishni xohlamayman. Men birlashimiz va aka-uka bo‘lishimizni istayman. Keling, hech kimga bizni o‘rtamizga nifoq solishiga yo‘l qo‘ymaylik”, deb yozadi DJ Piligrim.

Xonanda “Darakchi” gazetasi tahririyatiga nisbatan yozib qoldirgan tanqidiy mulohazalaridan ko‘ngli to‘lmadimi yoki gazeta bilan sen-menga borishni istamadimi, xullas ko‘p o‘tmay yozganlarini o‘chirib yubordi va avvalgi fikrlarining davomi bo‘lgan quyidagi gaplarni yozib qoldirdi.

“Hammasiga o‘zim aybdorman! Men ahmoqman! Shunchaki, kimga nima haqida gapirish kerakligini o‘ylash kerak ekan. Hammadan uzr so‘rayman!”

DJ Piligrim’ning na Sardor Rahimxon, na Ulug‘bek Rahmatullayev va na “Darakchi” gazetasini ranjitishni xohlamagani yuqoridagi yozganlaridan ko‘rinib turibdi, biroq xonanda bu gaplari ham ortiqcha ekanini, kun kelib aytganlari o‘z oyog‘iga bolta bo‘lishini o‘ylabmi, uzr-ma’zurlarning hammasiga nuqta qo‘ydi va yozganlarini birvarakayiga o‘chirib yubordi.

Ma’lumot uchun, DJ Piligrim “Darakchi” gazetasining 21 iyul kuni chop etilgan 29 sonidagi intervyusida jurnalistning “O‘zbek estradasida kimlarni tan olasiz?”, degan savoliga quyidagicha javob qaytargan.

“Menga xonanda Shohruhxonning ijod yo‘li yoqadi. Chunki u musiqa yaratishda o‘z uslubi va qarashlariga, hech kimga o‘xshamas yo‘nalishga ega. Uning qo‘shiqlari musiqa san’ati rivojlangan chet ellarda ham bemalol qabul qilinishiga ishonaman. Sardor Rahimxon, Ulug‘bek Rahmatullayev kabi ijodkorlarni esa faqat plagiatlik bilan shug‘ulanadigan ijodkorlar deb bilaman. Ular xorijiy musiqani o‘zimizga moslashtirib qo‘shiq kuylash bilangina shug‘ulanishadi. Undaylarni qabul qilishim juda qiyin”.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн