Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 537           Дата: 27-07-2016, 11:34          

Tojikistondan Moskvaga qadar poezdda ketish juda zerikarli, buning ustiga to'rt kun vaqt ketadi. Ammo ko'pchilik aynan uni tanlaydi. Ana shu mavzuga bag'ishlangan “Hayot yo'li” deb nomlangan fotoreportaj "Rossiya dlya vsex" nashri tomonidan e'lon qilindi.


Aslida Tojikiston odamlari Moskvaga samolyotda borishadi. Avtobuslar deyarli yurmaydi. Poezdda ketish narxi esa parvoz narxiga to'g'ri kelmaydi.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

Iyun oyida Qizil Xoch va Qizil Yarimoy tashkilotlarining qo'llab-quvvatlashlari bilan “Insonparvarlik poezdi – sog'lom muhojirlar” marafoni start oldi. Aktsiya muhojirlar huquqlarining buzilayotgani va ularning salomatligiga e'tibor qaratish maqsadida o'tkazildi.

Tashkilot xodimlari to'rt kun davomida "Dushanbe-Moskva" poezdida manzillari sari oshiqayotgan yo'lovchilar bilan suhbatlashdi. Suhbat mavzusi Rossiyada bo'lish qonun-qoidalari, shuningdek, OIV, sil, gepatit singari xavfli kasalliklar profilaktikasi haqida bo'ldi.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

Tojikistondan Moskvaga qatnovchi poezd Dushanbedan bir haftada ikki marta, Xo'janddan esa bir haftada bir marta yuradi. Vagon va lokomativlar sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilganlari.

Bir reysda 700 nafar yo'lovchini tashish mumkin. Har yili temir yo'l qatnovi tashuvchilar uchun ham, yo'lovchilar uchun ham foydasiz bo'lib bormoqda.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

2014 yilning mart oyida poezd chiptalari narxi qimmatlashdi va bahosi aviachiptalar bilan deyarli tenglashdi. Ammo shunga qaramay ko'pchilik tojikistonliklar poezdda ketishni afzal ko'rishadi.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

"Qimmatbaho aviachiptalar temir yo'l xizmatiga murojaat qilishga majbur etadi. So'nggi ikki yilda Tojikistonda ishlashga harakat qildim. Xususiy kompaniyalardan birida ishladim, ammo u erdagi maosh juda kam edi. Taksist sifatida ishlashga harakat qildim. Biroq baribir bo'lmadi", — deb hikoya qiladi besh nafar bolaning otasi Islom.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

U mutaxassisligi bo'yicha tikuv fabrikasida texnik-usta. So'nggi 20 yil ichida Rossiyaga qatnaydi va qurilishda ishlaydi.

O'zbekiston chegarasida poezd o'ta diqqat bilan ko'zdan kechiriladi. O'zbekiston hududida yo'lovchilarga fotosuratga tushirish taqiqlanadi. Agar kimda kim shu ishni qilsa uning qurilmasi konfiskatsiya yoki yo'q qilinadi.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

Poezd uchinchi kun deganda Qozog'istonga kirib keladi. Atirau stantsiyasida yo'lovchilar miqdori ko'payadi. Aynan shu damdan Qizil Xoch xodimlari yo'lovchilar bilan muloqotga faol kirishishadi.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

"Suhbatning ilk alomatlaridan yo'lovchilarning qonuniy huquqlari va kasalliklarga qarshi profilaktika haqida ma'lumotlari etarli emasligi ayon bo'ladi ", — deyiladi aktsiya hisobotida. Muammolardan yana biri tojikistonliklarning rus tilini uncha yaxshi bilmasliklaridir.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

Uchinchi kun yakunida poezd Rossiya chegarasini kesib o'tadi. Birinchi bekat –Astraxan viloyatining "Vladimirovka" stantsiyasidir. Birinchi yo'lovchilar keyinroq keladigan "Volgograd-1" bekatida tushib qolishni boshlashadi. Ko'pchilik Moskvada tushadi.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

Oradan roppa-rosa to'rt kun o'tgach, Tojikistondan yo'lga chiqqan poezd Rossiya poytaxtiga kirib keladi.

Poezd derazasidan boqqan ko'zlar yoxud Dushanbe-Moskva yo'li bo'ylab sayohat

Platformada ularni yaqinlari kutib oladi. Ular ichida Rossiya Qizil Xoch tashkiloti xodimlari ham bor.

Hayot oqimi shu tarzda davom etadi. Taqdirlar o'z umrini yashaydi, poezd g'ildiraklari esa taqara-tuqur etgancha manzillari tomon oshiqadi.

Sarvar Anvar o'g'li tayyorladi

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031