Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya bosh vaziri o'rinbosari Rossiyaning to'ntaruvdan ogoh qilgani haqidagi gaplarga izoh berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70           Дата: 26-07-2016, 21:33          
Turkiya bosh vaziri o'rinbosari Rossiyaning to'ntaruvdan ogoh qilgani haqidagi gaplarga izoh berdi

Turkiya bosh vaziri o'rinbosari Mexmet Shimshek Rossiya go'yoki Turkiyada davlat to'ntaruviga tayyorgarlik ko'rilayotganidan ogohlantirgani haqidagi ma'lumotga ega emas.

"Menda bu borada ma'lumot yo'q, - deb javob berdi Shimshek tegishli savolga. – Biroq aytib o'taman, fitnaning ertasiga eng jiddiy qo'llab-quvvatlovni Rossiya ko'rsatdi. Rossiya Turkiyaning qonuniy hukumati tarafdori ekanligini ta'kidlab o'tdi. Biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo'ng'irog'ini yuqori baholaymiz. Bu qo'llab-quvvatlov juda kuchli bo'ldi".

Avvalroq Eronning Fars axborot agentligi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an to'ntaruvdan bir necha soat oldin Rossiyadan to'ntaruvga tayyorgarlik ko'rilayotgani haqida ogohlantirish olganini ma'lum qilgan. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, bunday ma'lumot Anqaradagi diplomatik manbalarga iqtibos keltirgan holda bir necha arab OAV tomonidan taqdim qilingan. Ularning ta'kidlashicha, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rossiyalik hamkasblari tomonidan "davlat to'ntaruvi muqarrar yuz berishidan" ogohlantirilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunga quyidagicha izoh bergan: "Men bunday ma'lumotga ega emasman va Fars agentligi iqtibos keltirayotgan manbalarni bilmayman".

Shimshek, shuningdek, davlat to'ntaruviga urinish tashkilotchilari uchun o'lim jazosi belgilash haqidagi qaror qabul qilinmaganini qo'shimcha qildi.

"Bu terrorchilik tashkilotiga aloqador shaxslar vaqtinchalik o'z xizmat majburiyatlarini bajarishdan chetlatildilar, yakuniy qarorni sud qabul qiladi. Ularni doimiy asosda chetlatish masalasi qonun doirasida hal qilinadi. Tashkilotchilar uchun o'lim jazosi belgilash imkoniyatiga kelsak, bu qaror qabul qilinmadi", deb aytgan Shimshek.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн