Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQShning eng qimmat aviatashuvchi kemasi foydalanishga qabul qilinmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88           Дата: 26-07-2016, 11:48          
AQShning eng qimmat aviatashuvchi kemasi foydalanishga qabul qilinmadi

AQShda, mamlakat tarixidagi eng qimmat aviatashuvchi kema hisoblanuvchi CVN-78 «Jerald R. Ford» jangovar safga qabul qilinmadi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali Pentagon sinovlar va baholash boshqarmasi boshlig'i Maykl Gilmorning hisobotiga tayangan holda.

Hujjatda aytilishicha, samolyotlar kema palubasidan havoga ko'tarilganda va unga qo'nishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shuningdek, o'tochish aslahalarini ko'chirishda hamda parvozlarni boshqarishni tashkil etishda muammolar paydo bo'lgan. Bundan tashqari, kemaning havo hujumidan mudofaa tizimida nosozliklar kuzatilgan.

Gilmor qayd etganidek, mazkur kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilmasa, aviatashuvchi kemaning jangovar harakatlarda samarali ishtirok etish imkoniyati sezilarli pasayadi.

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun kemaning samolyotlar uchish-qo'nish yo'lagini qayta loyihalash talab etiladi. Shu maqsadda, Gilmorning fikricha, «Jerald R. Ford»ning Amerika harbiy dengiz floti tarkibiga qabul qilinishi 2017 yilgacha ortga suriladi.

SNN telekanaliga ko'ra, 2009 yildan beri qurilayotgan mazkur kemaning tannarxi 13 mlrd dollar atrofidagi mablag'ni tashkil etmoqda.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн