Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Barak Obamaning o'gay akasi Donald Trampni qo'llab-quvvatlab chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83           Дата: 25-07-2016, 11:53          
Barak Obamaning o'gay akasi Donald Trampni qo'llab-quvvatlab chiqdi

Barak Obamaning o'gay akasi – keniyalik Malik AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar orasida milliarder Donald Trampni qo'llab-quvvatlashini aytdi, deb xabar bermoqda The New York Post nashri.

"Menga Donald Tramp yoqadi, chunki u yurakdan gapiradi. Amerikani yana buyuk qilish – bu ajoyib shior. Men u bilan uchrashishni istardim", deb aytdi Malik nashr jurnalistiga Kogelo qishlog'idagi uchrashuvda.

Uning aytishicha, u ukasi Barak ma'muriyati siyosatidan "hafsalasi pir bo'lgan", shuning uchun u uzoq vaqt demokrat bo'lganiga qaramasdan, "Linkoln partiyasi" – Respublikachilar partiyasini qo'llab-quvvatlashga qaror qilgan.

Malik bunday qaror qabul qilishida "oxirgi tomchi" FQB Xillari Klintonni xususiy elektron pochtasidan maxfiy axborot bilan almashishda foydalangani uchun javobgarlikka tortmaslikni tavsiya qilgani bo'ldi.

Shuningdek, unga Klinton va uning ukasi Barakning Liviyaning sobiq etakchisi Muammar Kazzofiyni o'ldirish qarori ham yoqimsiz bo'lgan. Malik Kazzofiyni o'zining eng yaxshi do'stlaridan biri deb atadi.

Malikning rejalari orasida noyabrda AQShga qaytib borib, prezidentlik saylovlarida Trampga ovoz berish istagi bor.

Tramp bunga o'z tvitterida Obama "Malik bilan qolganlar kabi yomon munosabatda bo'lgandir-da", deb izoh berdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн