Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya bosh vaziri o'rinbosari: Gulen va uning tarafdorlari AQSh va Evropa Ittifoqida kuchli qo'llab-quvvatlovga ega

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 268           Дата: 24-07-2016, 22:13          
Turkiya bosh vaziri o'rinbosari: Gulen va uning tarafdorlari AQSh va Evropa Ittifoqida kuchli qo'llab-quvvatlovga ega

Anqara fikricha, Turkiyadagi davlat to'ntaruviga urinishga aloqador bo'lgan turk muxolifi Fathulla Gulen va uning tarafdorlari AQSh va Evropa Ittifoqida ma'lum qo'llab-quvvatlovga ega. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o'rinbosari Mexmet Shimshek SNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o'tdi, deb xabar bermoqda TASS.

"Biz Gulen va uning izdoshlari amerikalik senator va ularning yordamchilariga Turkiyaga 800 ga yaqin to'langan safar tashkillashtirganini aniqladik. Biz Gulenda Vashington va Bryusselda jiddiy qo'llab-quvvatlov borligidan yaxshi xabarimiz bor", deb aytdi Shimshek.

Shimshek agar Anqara Vashingtonga Gulenning fitnaga aloqadorligining aniq isbotlarini taqdim qilsa, AQSh hukumati ikki tomonlama munosabatlarga muammolar yaratmaslik uchun Gulenni Turkiyaga topshirishini aytdi.

"Agar biz AQShga Gulenning to'ntaruvga aloqadorligini isbotlasak, unda bu isbotlar uning ekstraditsiyasi uchun salmoqli dalil bo'ladi. AQSh – bizning ittifoqdosh va strategik hamkorimiz va biz bu masala o'zaro munosabatlarimizga muammo bo'lmasligini istaymiz", deb ta'kidlab o'tdi siyosatchi.

Gulen "Fathullachilar terrorchilik tashkiloti" rahbari hisoblanib, Anqara fikricha, bu tashkilot davlat to'ntaruvini tayyorlashga javobgar. Gulen 1999 yildan AQShning Pensilvaniya shtatida yashaydi. Turkiya AQShdan Gulenning topshirilishini rasman so'radi. Gulen va to'ntaruv bo'yicha ishning 70 dan ortiq asosiy figuranti bo'yicha sud noyabr oxiriga o'tkazilishi belgilangan.

Keyingi haftada AQShga Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala va adliya vaziri Bekir Bo'zdag safar uyushtirishi rejalashtirilgan. Ularning AQShga safaridan asosiy maqsad Gulenning ekstraditsiya qilinishi masalasini muhokama qilish hisoblanadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн