Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Saudiya Arabistoni Bashar Asad uchun Rossiyaga pul taklif qilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 140           Дата: 23-07-2016, 11:56          
Saudiya Arabistoni Bashar Asad uchun Rossiyaga pul taklif qilmoqda

Saudiya Arabistoni, Rossiyaga Suriya prezidenti Bashar Asadni qo'llab-quvvatlamaslik sharti bilan, Fors ko'rfazi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish eshiklarini ochish va yirik miqdordagi sarmoyalarni taklif etishi mumkin. Bu haqda, podshohlik tashqi ishlar vaziri Odil al Jubayr Bryusselning Politico nashriga bergan intervyusida so'z yuritgan.

Uning so'zlariga ko'ra, Ar-Riyod Rossiyaga Fors ko'rfazi arab mamlakatlari kengashi bozorini va Xitoy sarmoya salohiyatidan ham ko'p bo'lgan investitsiyalar uchun imkoniyatlar eshigini ochishga tayyor.

«Biz Rossiyaga Yaqin sharqda hissa ajratishga tayyormiz. Bu Rossiyani mintaqada Sovet Ittifoqidan ham qudratliroq qiladi», - deya vazir so'zlarini keltiradi Poitico. Uning fikricha, rasmiy Moskva va Ar-Riyodning Suriya masalasidagi qarashi «nafaqat mojaro yakuni borasida, balki uni hal etish vositalari xususida ham turlichadir».

«Asadning kuni bitgan, shunday ekan, kech bo'lmasidan avval bitimga keling», - degan Saudiya TIV.

“Saudiya Arabistoni podshohligi Rossiyaning yonberishi evaziga nimadir taqdim etishi haqidagi gaplar o'n yillardan beri davom etib kelgani bois, bunga jiddiy qarash kerak emas”, - deydi Strategiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi eksperti Konstantin Makienko.

Uning so'zlariga ko'ra, 2000-yillar o'rtalarida Saudiya podshohligi, Eronga S-300 zenit-raketa majmualarini etkazib berishni rad etsa, Rossiyaga katta miqdorda harbiy buyurtma va'da qilgan edi. 2010 yili S-300 shartnomasi Moskva tomonidan bekor qilindi, shundan so'ng, Saudiya Arabistoni bilan bitim to'g'risidagi va'dalar ham unutildi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031