Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turklarda vatanparvarlik kuchayishi fonida milliy bayroqlar savdosi gullab-yashnamoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 421           Дата: 21-07-2016, 11:55          

Turkiyadagi muvaffaqiyatsiz davlat to'ntarishi biznesmenlarga yordam berdi. 15 iyul voqealaridan keyin iqtisodiyotning bir sohasi gurkiray boshladi.

Keyingi kunlarda turklarda vatanparvarlik tuyg'ulari kuchayishi ortida milliy bayroqlarni ishlab chiqaruvchilar tinimsiz mehnat qilib, talabni qondirishiga to'g'ri kelmoqda.

Erdo'g'anning hukumatni qo'llab-quvvatlashga chaqirib qilgan murojaatidan keyin xalq ko'tarilib, bir necha soat ichida harbiylar isyoni bostirildi. Turkiya rahbari amerikaparast Fathulloh Gulenni fitna tashkilotchisi sifatida aybladi. Ayni vaqtda mamlakatni "gulenchilar"dan tozalash ishlari o'tkazilmoqda.

"Isyon bostirilganidan buyon 1,5 millionta bayroq sotildi. Keyingi kunlarda yana 5 millionta bayroq sotishimiz mumkin", degan bayroq ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi Gozde Bayrak firmasi rahbari O'rkun Alter.

"O'qituvchilar, temirchilar, savdogarlar - bugun barcha milliy bayroqlari sotib olishni istamoqda. Uyda hatto o'zimiz uchun ham bayroq qolmadi", degan u.

Turklarda vatanparvarlik kuchayishi fonida milliy bayroqlar savdosi gullab-yashnamoqda

Uning aytishicha, aholisi 80 million kishi bo'lgan Turkiya bo'ylab keyingi kunlarda 10 millionta bayroq sotilishi kutilmoqda. U bu orqali 2002 yilda Turkiya terma jamoasi JCh ishtirokchisi bo'lib, turnir yarim finaliga borganidagi ko'rsatkich takrorlanishini aytgan.

Qayd etish kerakki, tinchlik vaqtlarida ham Turkiya bayrog'iga talab katta bo'lgan. Milliy bayroqqa zarar etkazish va unga hurmatlik qilish jinoyatga tenglashtirilgan.

"Bizda omborxonada behisob bayroq bor edi, hammasi tezda sotilib ketdi. Biz yangilarini tikmoqdamiz... Talab juda katta", degan Bursa shahridagi boshqa bir shunday firma (Karanfil Bayrak) egasi Salohiddin Afsar.

Turklarda vatanparvarlik kuchayishi fonida milliy bayroqlar savdosi gullab-yashnamoqda

Davlat to'ntarishiga urinishdan keyin milliy bayroqlarni barcha binolarga osilgan holda va avtomobillarda hilpirayotgan alfozda ko'rish bo'lmoqda.

Bayroqning bir donasi bahosi - 3 lira (1 dollar).

"Biz ishlab chiqarishni ko'paytirdik, lekin talabga yarasha mahsulotlar tayyorlashga vaqt kerak. Barcha fabrikalarimiz shu ish bilan band. Turkiyada har bir kishi bayroq sotib olishni istamoqda", degan Aybayrak kompaniyasi rahbari Izzat Adar.

Turklarda vatanparvarlik kuchayishi fonida milliy bayroqlar savdosi gullab-yashnamoqda

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн