Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoyda kuchli yomg'irlar yana 13 kishini hayotdan olib ketdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 146           Дата: 21-07-2016, 01:04          
Xitoyda kuchli yomg'irlar yana 13 kishini hayotdan olib ketdi

Xitoyning 6ta provintsiyasida kuchli yomg'ir yog'ishi oqibati kamida 13 kishi halok bo'ldi, yana 62 kishi bedarak yo'qoldi. Bu haqda China News Service agentligi xabar bermoqda.

Noqulay ob-havo tufayli xavfning eng yuqori — «qizil» darajasi e'lon qilingan.

18 iyulda boshlangan yomg'irlar tufayli Xebey, Shansi, Shandun, Xenan, Shensi hamda Gansu provintsiyalaridagi 35 shahar va 131 uezd jabrlangan.

Xebey provintsiyasining ma'muriy shahri – Shitszyachjuanda 13ta er osti o'tish yo'llari suv bilan toshgan. Sisyan uezdida 500 millimetr yog'ingarchilik bo'ldi. Mahalliy hukumat rasmiylari aholiga zarurat bo'lmasa ko'chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, aholi tog'li hududlarda er ko'chishi xavfi bilan ogohlantirildi.

Xebey provintsiyasi rasmiylari 67,2 mingdan ziyod aholini evakuatsiya qilgan. Pekin rasmiylari ham yog'ingarchilik tufayli xavfning «sariq» darajasini e'lon qildi.

Tabiiy ofatlar ta'sir qilgan kishilar soni 1,73 million nafardan ortgan. 68 ming kishi evakuatsiya qilingan. 1200 mingdan ortiq bino vayron bo'lgan, yana 4,3 ming bino turli darajada talofat ko'rgan. Mamlakat iqtisodiga etkazilgan zarar 840 mln yuanga baholanmoqda (126 mln dollar atrofida).

Noqulay ob-havo poytaxtdagi Shoudu xalqaro aeroportining faoliyatiga ta'sir ko'rsatgan. Ayni vaqtgacha 200 aviareys qoldirilgan yoki butunlay bekor qilingan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatdagi tabiiy ofatlar tufayli halok bo'lganlar soni 237 kishini tashkil qilmoqda, yana 93 nafari bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.

Ma'lumot uchun, Xitoyda tabiiy ofat xavfini ogohlantirishning to'rt darajasi joriy etilgan. Unda o'sib borish darajasiga ko'ra ko'k, sariq, to'q sariq va qizil ranglar bilan belgilanadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн