Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ozarbayjonda Turkiyadagi isyon voqealarini yoritishdagi yondashuvi tufayli Zaman gazetasi yopildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 140           Дата: 20-07-2016, 21:26          
Ozarbayjonda Turkiyadagi isyon voqealarini yoritishdagi yondashuvi tufayli Zaman gazetasi yopildi

Ozarbayjonda Zaman gazetasi 25 yillik faoliyatdan keyin faoliyatini to'xtatdi. Ozarbayjon matbuot kengashi nashrning Turkiyadagi 15 iyul voqealariga yondashuvi tufayli shunday qarorga kelgan.

"Biz davlat manfaatlarini hisobga olamiz. Bugungi kunda Zaman-Azerbaycan gazetasi va zaman.az saytining keyingi kunlardagi voqealarni yoritishdagi yondashuvi Ozarbayjon va Turkiya munosabatlariga futur etkazishi mumkin", deya gazeta muassislarining bayonotini keltiradi APA agentligi.

Zaman gazetasi 1991 yilning 24 mayidan boshlab chop etilayotgandi.

Bundan oldinroq Ozarbayjon Matbuot kengashi gazetaning Turkiyadagi isyonga nisbatan tutgan pozitsiyasi hukumat pozitsiyasiga mos emasligi va isyon tashkilotchiligida gumon qilinayotgan Fathulloh Gulen pozitsiyasini ifodalashidan xavotirini bildirgandi. Shuningdek, kengashning bildirishicha, gazeta Turkiyadagi davlat to'ntarishiga urinish haqida asossiz ma'lumotlar tarqatgan.

Bundan oldinroq agentlikda AQShda istiqomat qiluvchi Fathulloh Gulen bilan intervyu tufayli Ozarbayjondagi xususiy telekanallardan biri ANS telekanali yopilgani haqida ma'lum qilingandi. Telekanal faoliyati hozircha 1 oy muddatga to'xtatilgan.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Turkiyadagi voqealarni qoralab chiqqan va mamlakat rahbarini hamda uning hukumatini qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

Turkiya prezidenti Fathulloh Gulenni davlat to'ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida e'lon qilgan. Gulen esa bu ishga aloqador emasligini ta'kidlab kelmoqda. Shu bilan birga u o'zini Turkiyaga ekstraditsiya qilishlaridan qo'rqmasligini ta'kidlaydi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн