Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Afrika ittifoqi qachon yagona ittifoqqa aylanadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 166           Дата: 19-07-2016, 21:56          
Afrika ittifoqi qachon yagona ittifoqqa aylanadi?

Ruanda poytaxti Kigali shahrida Afrika Ittifoqiga a'zo mamlakat rahbarlarining 27-sammiti yakunlandi. Ikki kun davom etgan sammitda 50dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi. Anjumanda mintaqaviy integratsiya va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Yakshanba kuni sammitning birinchi ish kunida Afrika rahbarlariga birinchi Afrika elektron pasporti berildi. Muxbirlarning xabar qilishicha, birinchi elektron pasport ayni damda Afrika Ittifoqiga raislik qilayotgan Chad prezidenti Idris Debi va sammit o'tayotgan Ruanda prezidenti Pol Kagamega topshirildi. Ulardan keyin Afrika Ittifoqiga a'zo bo'lgan boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va Afrika Ittifoqiga a'zo mamlakatlarning vakillari ham shu kabi hujjatga ega bo'ldilar. Yangi elektron pasportlarni Afrika Ittifoqi komissiyasining raisi Nkosazana Dlamini-Zuma topshirdi.

Elektron pasportlarni joriy qilish Afrika Ittifoqining “2063 kun tartibi” deb nomlanmish katta rejasining bir qismi sanaladi. Mazkur global strategiya aholining farovonligi yo'lida qit'a imkoniyatlarini ishga solishga qaratilgan. Tahlilchilarning fikricha, yaqin-yaqingacha umumafrika pasporti xomxayoldan boshqa narsa emas edi. Buning uchun yillar kerak, degan fikrlar mavjud edi. Biroq Kigali sammitida loyihani amalga oshirish yo'lida ilk qadamlar qo'yildi. Endilikda Afrika mamlakatlari elektron pasportlarni ommaviy tarzda foydalanishga qaratilgan protokollarni ratifikatsiya qilib, zarur qonunlarni qabul qilishlari kerak.

Yangi pasportlar muomalaga kiritilgudek bo'lsa, 2020 yilga borib Afrika mamlakatlari o'rtasida viza tartiblari bekor qilinadi. Integratsiya jarayonlari tezlashadi.

Tahlilchilarning fikricha, elektron pasportlarni joriy qilish orqali Afrika Iqtisodiy hamjamiyati tashkil etiladi va qit'alararo savdo-sotiq yanada faollashadi. Elektron pasportlar jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan kuchli, gullab-yashnayotgan, birlashgan Afrika tashkil etilishiga hissa qo'shadi. Shuni ta'kidlash kerakki, bugungi kunda Afrika mamlakatlari aholisi bir qator ma'muriy qiyinchiliklar bilan to'qnash kelgan. Afrika Ittifoqiga a'zo mamlakatlarning aholisi qit'adagi boshqa bir mamlakatga bormoqchi bo'lsa, albatta, viza olishlari kerak.

Sammit kun tartibida, asosan, inson huquqlari, jumladan, xotin-qizlar huquqlari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat va hukumat rahbarlari Janubiy Sudanda davom etayotgan qurolli mojaralar munosabati bilan mintaqadagi tinchlik va xavfsizlik masalalarini ham muhokama qildilar. Marokash podshohi Muhammad Oltinchi o'z mamlakatini Afrika Ittifoqi saflariga qaytish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Shuni ta'kidash kerakki, Marokash qit'adagi Afrika Ittifoqiga a'zo bo'lmagan yagona mamlakat hisoblanardi. Bu mamlakat 1984 yilda G'arbiy Sahroi Kabirning tashkilotga a'zo bo'lib kirishiga norozilik belgisi sifatida Ittifoq safidan chiqib ketgan edi.

“Uzoq yillar mobaynida do'stlarimiz bizni Ittifoq saflariga qaytishimizni iltimos qilishdi. Shu kun keldi”, dedi Marokash podshohi Afrika Ittifoqining sammiti ishtirokchilariga qarata so'zlagan nutqida. Uning so'zlariga qaraganda, G'arbiy Sahroi Kabir uchun Afrika Ittifoqi tarixiy xatoni takrorlamaydi. Muhammad Oltinchining aytishicha, G'arbiy Sahroi Kabir mustaqilligini biror bir xalqaro tashkilot, birinchi navbatda, BMT va Arab Davlatlari Ligasi tan olmagan. Tahlilchilarning fikricha, Afrika Ittifoqiga a'zo 34 mamlakat G'arbiy Sahroi Kabir mustaqilligini tan olmagan. Jahondagi 36 mamlakat esa so'nggi 15 yil mobaynida tan olish to'g'risidagi qarorlarini qaytarib olgan.

Eslatib o'tamiz, G'arbiy Sahroi Kabir Afrika shimoliy-g'arbida joylashgan bo'lib, Ispaniya mustamlakasi bo'lgan va 1973 yilda mintaqada Milliy Ozodlik fronti tashkil etilgan. 1975 yilda Marokash va Mavritaniya bosimi bilan Madridda G'arbiy Sahroi Kabirning shimoliy qismini Marokashga, janubini esa Mavritaniyaga berish to'g'risida bitim imzolandi. Biroq Milliy Ozodlik fronti 1976 yilda Sahroi Kabir Arab demokratik respublikasi tuzilganini e'lon qildi.

Bu respublikani bir nechta davlat tan olganiga qaramay Marokash bunga rozilik bermay keladi. Rabot rasmiylari G'arbiy Sahroi Kabirga podshohlik tarkibida muxtoriyat berishga rozi ekanini aytib keladi. Biroq Milliy Ozodlik fronti to'la mustaqillik uchun kurashni davom ettirmoqda.

Afrika Ittifoqi Afrika Birdamlik tashkilotining merosxo'ri bo'lib, ayni damda 54ta davlatni birlashtirgan. Tashkilotning muhim qarorlari Afrika Ittifoqi Assambleyasida qabul qilinadi. Ittifoq kotibiyati va Afrika Ittifoqi Komissiyasi Efiopiya poytaxti Addis-Abeba shahrida joylashgan.

Afrika Ittifoqidan avval qit'ada, o'tgan asrning 60-yillarda Afrika Davlatlari Ittifoqi (Union of African States) tuzilgan. Shuningdek, 1963 yil 25 mayidan Afrika Birligi Tashkiloti (Organisation of African Unity) ham faoliyat yuritgan. 1991 yilda esa Afrika Iqtisodiy hamjamiyati (African Economic Community) tashkil etilgan. Biroq bu tashkilotlar samara bermagani bois o'tgan asrning 90-yillarida Afrika Ittifoqi tuzish tashabbuslari muhokama qilina boshladi. 1999 yilning 9 sentyabrida bu borada Sirt deklaratsiyasi qabul qilindi. 2000 yilda Lome sammitida Afrika Ittifoqining Ta'sis akti tasdiqlandi. 2001 yilda Lusakada bo'lib o'tgan oliy darajadagi uchrashuvda yangi tashkilotning hayotga tatbiq etish loyihasi qabul qilindi. O'sha yili Afrika taraqqiyotining strategik dasturi tasdiqlandi. Afrika Ittifoqi 2002 yilning 9 iyulidan beri faoliyat ko'rsatib keladi.

Sharofiddin To'laganov tarjima qildi

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн