Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiyalik elchi Kambojada "turkiyalik terrorchilarni tayyorlovchi" maktab borligini ma'lum qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 123           Дата: 19-07-2016, 21:19          
Turkiyalik elchi Kambojada "turkiyalik terrorchilarni tayyorlovchi" maktab borligini ma'lum qildi

Turkiyaning Kambojadagi elchisi Ilhom Kamol Tug'ning ma'lum qilishicha, mamlakat poytaxti Pnompen shahridagi xalqaro maktablardan biri va yana bir taniqli xususiy universitetda "Turkiyada davlat to'ntarishi amalga oshirish maqsadida terrorchilar tayyorlanadi". Bu haqda Cambodia Daily xabar tarqatgan.

"Biz Kamboja hukumati bilan barcha sohalarda yaqin hamkorlik qilamiz va mening ishonchim komilki, bu holatda Kamboja biz tomonda turadi", degan elchi va shahardagi Zaman guruhiga tegishli barcha o'quv muassaslari yopilishi kerakligini talab qilgan.

Pnompen shahrida Zaman guruhi homiyligidagi bolalar bog'chasi, o'rta maktab va universitet 1993 yildan buyon faoliyat ko'rsatib keladi. Bu fond turkiyalik muxolifat kuchlari rahbari Fathulloh Gyulenga tegishli. Gyulen esa Turkiya hukumati tomonidan mamlakatdagi harbiy davlat to'ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida e'lon qilindi. Uning o'zi bu ayblovni inkor qilib kelmoqda. Turkiya bugun uni topshirishini so'rab, AQShga rasman murojaat qildi.

Zaman universiteti va maktablar rahbariyati bugun bergan bayonotida aytilishicha, guruh Fathulloh Gyulenning ma'naviy maslahatlariga tayanib faoliyat yurgizadi, lekin u muassasalarga egalik qilmaydi, boshqaruvda ishtirok etmaydi".

Gyulenga aloqador bo'lgan Zaman va boshqa tashkilotlar dunyoning turli mamlakatlarida 800dan ortiq o'quv muassasalari ochishgan. Turkiya elchisining gazetaga ma'lum qilishicha, 2013 yilgacha Turkiya diplomatiyasi tizimida Gyulen maktablari tarbiyalanuvchilari ham faoliyat ko'rsatishgan, lekin hokimiyat tepasiga Erdo'g'an kelgach, bunga barham berilgan.

"Men o'tmishdagi munosabatlar tufayli Fathulloh Gyulen va Zaman maktablari o'rtasidagi qalin aloqalar to'g'risida juda yaxshi bilaman", degan elchi.

Kamboja hukumati hozircha elchining so'zlariga munosabat bildirmadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн