Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiyada isyonchilar etakchisi o'z aybiga iqror bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 60           Дата: 18-07-2016, 21:26          
Turkiyada isyonchilar etakchisi o'z aybiga iqror bo'ldi

Turkiyada harbiy to'ntarishga urinishda isyonchilarning etakchisi sifatida qo'lga olingan, Turkiya Harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo'mondoni general Akin O'zturk o'z aybiga iqror bo'ldi. Bu haqda Anadolu davlat axborot agentligi xabar tarqatdi.

O'zturk 2015 yilning avgustiga qadar Turkiya Harbiy-havo kuchlari bosh qo'mondoni vazifasida faoliyat ko'rsatgan. U lavozimidan ketgach ham Turkiya Oliy harbiy kengashi a'zosi bo'lib qolgandi.

Turkiyada isyonchilar etakchisi o'z aybiga iqror bo'ldi

O'zturk muxolifatchi Fathulloh Gyulen bilan aloqador bo'lishi mumkinligi taxmin qilingan. Ayni vaqtda AQShda istiqomat qilayotgan Fathulloh Gyulen Turkiya hukumati tomonidan harbiy to'ntarish tashkilotchisi sifatida ko'rilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyada davlat to'ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinib, 112 general va admiral qo'lga olindi, ulardan 50 nafari hibs qilingan, qolganlarini tergov qilish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, 16 iyulga o'tar kechasi Turkiyada davlat to'ntarishiga urinish sodir etildi. Urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi, 16 iyul kuni isyon bostirilgani ma'lum qilindi. Turkiya bosh vaziri to'qnashuvlar vaqtida 290 kishi halok bo'lgani, 1400 kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya politsiyasi NATO va AQSh harbiy-havo kuchlarining Turkiya janubidagi Injirlik harbiy bazasida tekshiruv o'tkazgani haqida xabar berilgandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031