Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Gretsiya Turkiyadan qochib kelgan zobitlarga ayblov e'lon qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99           Дата: 17-07-2016, 21:29          
Gretsiya Turkiyadan qochib kelgan zobitlarga ayblov e'lon qildi

Gretsiya hukumati mamlakatga siyosiy boshpana so'rab Turkiyadan o'tib kelgan 8 nafar harbiyni chegarani noqonuniy buzib o'tishda rasman aybladi.

16 iyul kuni ertalab Gretsiyaning Turkiyaga yaqin hududda, mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Aleksandrupolis shahridagi aeroportga turkiyaliklarning harbiy vertolyoti qo'ndi. Unda 8 nafar turkiyalik harbiy bo'lgan.

Ularning advokati Gretsiya televideniesiga bergan intervyusida o'z mijozlari Gretsiyaga Turkiya politsiyasi o't ochganidan so'ng qochib o'tgani, ular davlat to'ntarishida ishtirok etmagani haqida ma'lum qildi. Uning aytishicha, turkiyalik qochqinlar shunchaki o'z jonlarini asrash haqida qayg'urib harakatlangan.

Turkiya esa bu qochqinlarni ekstraditsiya qilishni talab etmoqda.

Bundan oldinroq Gretsiya bosh vaziri Aleksis Sipras Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an bilan telefon orqali muloqoti vaqtida unga Gretsiyaga qochib o'tgan harbiylar masalasini tezda hal etishga va'da bergani xabar qilingandi.

Erdo'g'on Gretsiya hukumati va shaxsan o'zining harbiy to'ntarish borasida tutgan yo'li uchun Siprasga minnatdorlik bildirdi. Bosh vazir demokratiya qadriyatlari va konstitutsiyaviy qonunchilikka qo'shilish grek xalqi uchun printsipial masala ekanligini ta'kidladi.

Sipras Gretsiyaga vertolyotda uchib kelgan sakkiz turkiyalik harbiyning siyosiy boshpana berish borasidagi so'rovlarini ko'rib chiqish jarayoni qisqa bo'lishi, biroq xalqaro huquq va inson huquqlari bo'yicha shartnomalarga mutlaqo hurmat doirasida kechishini ta'kidladi.

Turkiyada harbiylar isyoni

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031