Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shotlandiya bosh vaziri 2017 yilda Britaniya tarkibidan chiqish bo'yicha referendum o'tkazilishi mumkinligini aytdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 191           Дата: 17-07-2016, 21:29          
Shotlandiya bosh vaziri 2017 yilda Britaniya tarkibidan chiqish bo'yicha referendum o'tkazilishi mumkinligini aytdi

Shotlandiya birinchi vaziri (hukumat rahbari) Nikola Sterjen 2017 yilning birinchi yarmida mamlakatning Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish bo'yicha qayta referendum o'tkazilishi mumkinligini ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, agar Buyuk Britaniya hukumati Shotlandiya manfaatlarini e'tiborga olmasdan EIdan chiqish bo'yicha rasman harakat boshlasa, shotlandlarning qanday harakat qilishi tayin.

Vazir o'z intervyusida Buyuk Britaniya EIni tark etsa ham Shotlandiya ittifoq tarkibida qolishi mumkinligini aytib o'tgan.

Evropa Ittifoqining ayrim davlatlari Bryussel va Edinburg o'rtasida Shotlandiyaning tashkilotda qolishi ehtimollari bo'yicha o'tkazilgan muzokaralarga qarshiligini bildirib chiqdi.

15 iyul kuni Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey Shotlandiya poytaxtiga tashrif buyurib, Sterjen xonim bilan "breksit" masalasini muhokama qilgan.

O'tgan oyning 23 iyunida Buyuk Britaniyaning EIdan chiqishi masalasida o'tkazilgan referendumda Brexit tarafdorlari g'alaba qozongach, Shotlandiya rasmiylari Evroittifoqda qolish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi va Buyuk Britaniyaning ittifoqdan chiqishi to'g'risidagi qonunga veto (taqiq) qo'yilishini bildirdi.

Nikola Sterjen Buyuk Britaniyani Evroittifoqdan chiqarishga bo'lgan harakatlar jiddiy zarar va og'riqli asoratlarga olib kelishi, u «Shotlandiyani bundan himoya etishni istashi va harakat qilishi»ni ma'lum qilgandi.

2014 yilda o'tkazilgan referendum chog'ida shotlandiyaliklarning 55,3 foizi Buyuk Britaniya tarkibida qolishni yoqlab ovoz bergan edi. Ammo Brexit yuzasidan tashkil etilgan referendumda shotlandiyaliklarning ko'pchilik qismi (62 foiz) Evroittifoq tarkibida qolish niyatini bildirdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930