Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qurollangan guruh Erevanda politsiya mahkamasini egallab oldi, qurbonlar bor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 113           Дата: 17-07-2016, 11:32          
Qurollangan guruh Erevanda politsiya mahkamasini egallab oldi, qurbonlar bor

Qurollangan shaxslar guruhi Armaniston poytaxti Erevan shahri yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya bo'limi binosini egallab olgan. Ular Qorabog' ixtilofiga hibsga olishlar doirasida qo'lga olingan faollardan birini, muxolifatdagi "Yangi Armaniston" nomli radikal guruh etakchisi Jirayra Sefilyanni ozod etishni talab qilishmoqda. Sefilyan noqonuniy ravishda qurol saqlashda ayblangandi.

«Interfaks» agentligining mahalliy televideniega asoslanib xabar qilishicha, hujum oqibatida kamida 1 kishi halok bo'lgan va bir necha kishi jarohatlangan.

Hujum qiluvchi guruh Erevan politsiyasi boshlig'i o'rinbosari Valeriy Osipyanni garovda tutib turishibdi.

Garovga olingan binoga harbiylar jo'natilgan. Politsiya matbuot xizmati rahbari Ashot Agaronyan yaqin vaqt ichida vaziyat bo'yicha batafsil bayonot bilan chiqilishini ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda Erebuni tumaniga olib boruvchi barcha yo'llar yopilgan.

Sefilyan 20 iyun kuni hibs qilingandi. Tergov davomida u o'z tarafdorlari bilan Erevandagi telekommunikatsiya binolari, xususan teleminorani qo'lga olishni rejalashtirgani ma'lum bo'lgan.

Tergovchilar ma'lumotiga ko'ra, jinoiy guruh a'zolari aprel oyida Qorabog'da boshlangan to'qnashuvlardan keyin o'z rejalarini tuzishgan.

Sefilyan 2006 yilning 10 dekabrida ham qo'lga olingandi. O'shanda u aholini konstitutsion tuzumga qarshi targ'ib qilish va noqonuniy qurol saqlashda ayblangan va 1,5 yilga qamalgandi. U 2008 yilning iyunida ozodlikka chiqqan. 2015 yili Sefilyan o'z tarafdorlari bilan "Parlament ta'sischilari" tashkilotiga asos solgan va ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishga urinishda ayblanib qamoqqa tashlangandi. Lekin 4 oydan keyin qo'yib yuborilgandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031