Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

BMT: IShID Iroqda mag'lubiyatga uchramoqda va borgan sari ko'proq terrorchilik amaliyotiga murojaat qilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 163           Дата: 16-07-2016, 11:59          
BMT: IShID Iroqda mag'lubiyatga uchramoqda va borgan sari ko'proq terrorchilik amaliyotiga murojaat qilmoqda

IShID terrorchilik guruhining Iroqda mustahkamlanib olish va mamlakat hududida halifalik yaratishga urinishi barbod bo'lmoqda va u partizan urushi olib borish va teraktlar amalga oshirishga borgan sari ko'proq e'tiborni qaratmoqda. Bu haqda 15 iyulda BMT bosh kotibining Iroq bo'yicha maxsus vakili Yan Kubish BMT Xavfsizlik kengashiga bergan hisobotida ma'lum qildi.

Iroq armiyasi va kurd harbiylashtirilgan tuzilmalari tomonidan Al-Fallujani ozod qilish bo'yicha o'tkazilgan muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin Kubish "IShID tirik kuch, qo'mondonlik tuzilmasi, mahalliy aholi tomonidan qo'llab-quvvatlovni muntazam yo'qotayotganiga qaramasdan, uning mamlakatning turli hududlarida vayronagar teraktlar amalga oshirish imkoniyatini shubha ostiga qo'ymaslikka" chaqirdi. "IShIDning Iroqda o'z hokimiyatini o'rnatish bo'yicha urinishi barbod bo'layotgan bo'lsa-da, u borgan sari ko'proq terrorchi-xudkushlardan foydalangan holda shafqatsiz isyonchilik taktikasiga o'tmoqda", db aytdi Kubish.

Uning aytishicha, bu "diniy ko'rinishdagi shahar terrorchiligiga qaytish tendentsiyasi", jumladan IShIDning Bag'doddagi fuqarolik infratuzilmalari ob'ektlariga hujum qilishi bilan ham tasdiqlanmoqda. "Yaxshiyamki, hanuzgacha terrorchilar dinlararo adovatni avj oldirishga urinishlarida muvaffaqiyat qozonmadilar", deb aytdi Kubish. Kubish Iroq hukumati IShIDga qarshi kurashni davom ettirish bilan birga "xavfsizlik tuzilmalarini isloh qilish" bilan shug'ullanishi lozim.

BMT Xavfsizlik kengashida Iroqning BMTdagi doimiy vakili Muhammad Ali al-Hakim mamlakat hukumati terrorchilarga qarshi barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirayotgani va "IShID bosib olgan barcha hududlarni ozod qilish" istagida ekanligini aytdi. "Xalqaro koalitsiya yordami evaziga IShID tomonidan nazorat qilinayotgan 60 foiz hududni ozod qila oldik", deb aytdi al-Hakim.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн